Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida


-§. Malaka toifalarini berish tartibi


Download 188.47 Kb.
bet4/7
Sana15.09.2023
Hajmi188.47 Kb.
#1679015
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
364 06.07.2022

2-§. Malaka toifalarini berish tartibi
20. Malaka toifasi “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasidan boshlab beriladi.
21. “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasiga ega bo‘lgan shaxsga navbatdagi malaka toifasi beriladi. Bunda “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasiga ega bo‘lmagan shaxsga “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasini, “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lmagan shaxsga “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasini, “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lmagan shaxsga “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasini, “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lmagan shaxsga “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasini berish taqiqlanadi.
22. “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.
23. “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasi “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifasi berilganiga kamida 1 yil o‘tgan bo‘lishi lozim.
24. “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasi “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Uchinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil o‘tgan bo‘lishi lozim.
25. “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi chempionati hamda kubok maqomiga ega bo‘lgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda, “Ikkinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil o‘tgan bo‘lishi lozim.
26. “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi chempionati hamda kubok maqomiga ega bo‘lgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil o‘tgan bo‘lishi lozim.
27. Tegishli malaka toifasini olish uchun mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq sport hakamlari malaka toifasini olish uchun lozim bo‘lgan talablar bajarilishi zarur.
28. Vakolatli organning mas’ul xodimi so‘rovnoma va faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan malaka toifasini berish to‘g‘risidagi taqdimnoma kelib tushgan kuni tegishli malaka toifasini berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobini berish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.
Malaka komissiyasi 1 oyda bir marta chaqiriladi.
29. Vakolatli organ ikki ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha malaka toifasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobini berish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.
Malaka komissiyasi kotibi malaka toifasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobi berilgan kunda malaka komissiyasining qarori loyihasini bayonnoma ko‘rinishida tayyorlaydi.
Malaka komissiyasi Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki YIDXTT orqali ariza beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida ko‘rib chiqadi, tekshiradi hamda sport hakamlariga tegishli malaka toifasini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoxud asoslangan rad javobini beradi.
30. Malaka komissiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishlari taqdim etilgan arizadan kelib chiqib, uning raisi tomonidan chaqiriladi. Malaka komissiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bir ish kuni muddatida chaqiriladi, yig‘ilish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yig‘ilishda ishtirok etgan a’zolar tomonidan imzolanadi.
31. Malaka komissiyasi qabul qilingan malaka toifasini berish to‘g‘risidagi qaror asosida mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq sport hakamlari malaka toifasi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki asoslangan rad javobini berish to‘g‘risidagi ma’lumotni QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda rasmiylashtiradi hamda uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlagan holda bir ish kuni mobaynida Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
Ariza beruvchi rad javobini olgandan keyin qayta murojaat qilganda, hujjat tekinga navbatdagi malaka komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi, bunda yangi asoslar bo‘yicha arizani rad etish taqiqlanadi.
32. Davlat xizmatlari markaziga elektron tarzda malaka toifasini berish to‘g‘risidagi guvohnoma yoki asoslantirilgan rad javobi to‘g‘risidagi ma’lumot tushgandan so‘ng Davlat xizmatlari markazi o‘n daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga (mavjud bo‘lsa) yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi (telefon raqami) orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga asosan elektron yoki qog‘oz shaklida ariza beruvchiga taqdim etadi.

Download 188.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling