Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 188.47 Kb.
bet2/7
Sana15.09.2023
Hajmi188.47 Kb.
#1679015
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
364 06.07.2022

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-iyul,
364-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 364-son qaroriga
ILOVA
Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament sport hakamlariga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
vakolatli organlar — O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari;
sport hakami — sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxs;
malaka komissiyasi — sport hakamlariga tegishli malaka toifasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki asoslangan rad javobini berish uchun vakolatli organ tomonidan tashkil etiladigan komissiya.
3. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladi.
4. Sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:
xalqaro toifali sport hakami;
milliy toifali sport hakami;
birinchi toifali sport hakami;
ikkinchi toifali sport hakami;
uchinchi toifali sport hakami;
sport bo‘yicha hakam.
5. “Xalqaro toifali sport hakami” malaka toifasi sport turi bo‘yicha tegishli xalqaro sport tashkiloti tomonidan beriladi.
6. “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasini olish uchun belgilangan muddat va talablardan oldin “Xalqaro toifali sport hakami” malaka toifasini qo‘lga kiritgan sport hakamining toifasi “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasidagi hakam hisoblanadi.
7. “Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan beriladi.
8. “Birinchi toifali sport hakami”, “Ikkinchi toifali sport hakami”, “Uchinchi toifali sport hakami”, “Sport bo‘yicha hakam” malaka toifalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari tomonidan beriladi.
9. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
10. Davlat xizmati ko‘rsatish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

Download 188.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling