Sport inshootlarining klassifikatsiyasi Yopiq sport inshootlarining hajmiy-rejali yechimi


Inshootlarda va tomoshabinlar uchun qurilmalardagi yong‘in xavfsizligi bo‘yicha talablar


Download 0.99 Mb.
bet3/3
Sana23.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1717889
1   2   3
Bog'liq
Sport inshootlarini loyihalashtirish va ishlarini tashkillash

Inshootlarda va tomoshabinlar uchun qurilmalardagi yong‘in xavfsizligi bo‘yicha talablar

Musobaqalarni tomoshabinlar ishtirokida o‘tkazishga mo‘ljallangan inshootlarda tribunalar – tomoshabinlar o‘tiradigan joylar bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Tribunalar qiyaligi – 1:1,5 dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Agar binoda tomoshabinlar evakuatsiyasi uchun qo‘shimcha xavfsizlik sharoitlari ko‘zda tutilgan bo‘lsa, tribunalarni 1:1,25 qiyalikda loyihalashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Tomoshabinlar o‘tiradigan o‘rinlar ko‘ndalang o‘tish yo‘llari bilan ajratilishi lozim.


Tribunaning bir qatoridagi o‘rinlar soni:

  • ikki tomondan to‘ldirilganida – 50 tadan ko‘p emas; - bir tomondan to‘ldirilganida – 25 tadan ko‘p emas.

Tomoshabinlarning tribunalardan evakuatsiya qilinishi bir xil qadamda joylashtirilgan lyuklar orqali amalga oshirilishi zarur. Evakuatsiya chiqish yo‘llarning kengligi sport zallaridagi chiqish yo‘llari kengligining yig‘indisidan kam bo‘lmasligi lozim.
Evakuatsiya yo‘lining kengligi:

  • gorizontal o‘tish yo‘llari, pandus va zinapoyalar uchun – 1 metrdan;

  • yopiq sport inshootlaridagi eshiklar va lyuklar uchun – 1,2 metrdan;

  • ochiq sport inshootlaridagi lyuklar uchun – 1,5 metrdan kam bo‘masligi zarur.

Eng uzoqda joylashgan tomoshabin o‘rnidan chiqishgacha bo‘lgan maksimal evakuatsion masofa – 32 metr.
Tomoshabinlarni evakuatsiya qilish yo‘llarining yer uchastkasidagi kengligi 500 tomoshabinga 1 metr hisobidan qabul qilinishi kerak.


Adabiyotlar:



  1. Ubaydullayev X.M., Inagamova M.M. Turar-joy va jamoat binolarini loyihalashning tipologik asoslari: Darslik. - T.: Voris-nashriyot, 2005.

  2. Abdujabbarova M.T. Turar-joy binolarini loyihalash: O‘quv qo‘llanma. – T.: TAQI, 2018.

  3. Qodirova S.A. Jamoat binolarini loyihalash: O‘quv qo‘llanma. – T.: TAQI, 2015.

  4. Inogomov B.I. Zamonaviy bino va inshootlarni loyihalash: O‘quv qo‘llanma. - T.: TAQI, 2010.

  5. Ubaydullayev X.M., Xidoyatov T.A, Abduraxmanov Y.I, Korobovsev G.I., Mansurov Y.M. Arxitekturaviy loyihalash: O‘quv qo‘llanma. - T.: TAQI, 2012.

  6. Ubaydullayev X.M., Maxmudov V.M. “Metodika arxitekturnogo proyektirovaniya” Toshkent, TAQI, 2010 y., o‘quv qo‘llanma.

  7. Xidoyatov T.A., Kadirova S.A., Magomedova F.X. “Arxitektura obsheobrazovatelnix shkol Uzbekistana”. Tashkent 2005 g.

  8. Qodirova T.F. O‘zbekistonning istiqlol yillari me’morchiligi: O‘quv qo‘llanma., O‘AJBNT markazi, 2004 y.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling