Sport inshootlarining klassifikatsiyasi Yopiq sport inshootlarining hajmiy-rejali yechimi


Download 0.99 Mb.
bet1/3
Sana23.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1717889
  1   2   3
Bog'liq
Sport inshootlarini loyihalashtirish va ishlarini tashkillash


22.23 Mo’sojonov Jahongir
Sport inshootlarini loyihalashtirish va ishlarini tashkillash

Reja:




  1. Sport inshootlarining klassifikatsiyasi

  2. Yopiq sport inshootlarining hajmiy-rejali yechimi

  3. Inshootlarda va tomoshabinlar uchun qurilmalardagi yong‘in xavfsizligi bo‘yicha talablar

Sport inshootlarining klassifikatsiyasi

Sport inshootlari quyidagi turlarga bo‘linadi:



    • ochiq va yopiq;

    • yozgi va qishki;

    • hajmli va yassi;

    • universal va ixtisoslashtirilgan.

Asosiy vazifasiga ko‘ra:

    • o‘quv mashg‘ulotlari va mashqlar uchun;

    • namoyishlar uchun;

    • jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish uchun;

    • bolalar sporti uchun ixtisoslashtirilgan inshootlariga ajratiladi.

    • Shaharsozlik alomati bo‘yicha aholi yashaydigan hududda aholiga xizmat ko‘rsatishning bosqichma-bosqich prinsipiga muvofiq sport inshootlari umumshahar, tumanlararo, mikrotuman inshootlariga ajratiladi. Undan tashqari, sanoat, shahar atrofi va ko‘kalamzorlashtirilgan zonalardagi sport inshootlari ham bo‘lishi mumkin.

    • Tekis ochiq sport inshootlari qatoriga quyidagilar kiradi:

    • sport inshootining markaziy yadrosi (asosi);

    • stadion;

    • sport o‘yinlari uchun maydonchalar:

    • badminton uchun 15x8 m;

    • basketbol uchun 28x16 m;

    • voleybol uchun 24x15 m;

    • gorodki uchun 30x15 m;

    • tennis uchun 40x20 m;

    • yengil atlektika va konkida yugurish uchun yo‘lakchalar.

Sport inshootining markaziy yadrosi – atrofi yengil atletika yo‘lakchasi bilan o‘ralgan sport o‘yinlari uchun maydon. Yugurish yo‘lakchasi sektorlarida yoki uning to‘g‘ri uchastkalarining tashqi perimetridan tashqarida sakrash va sport snaryadlarini uloqtirish sektorlari joylashtiriladi.
Stadion – o‘quv mashg‘ulotlari, mashqlar va sport musobaqalarini o‘tkazish kabi murakkab funksiyalarga ega sport kompleksi; uning tarkibiga quyidagilar kiradi: tomoshabinlar uchun o‘rinlari bo‘lgan sport yadrosi, sport o‘yinlari uchun maydonchalar, har xil sport turlari uchun yordamchi hududlar va xonalarga ega ochiq va yopiq sport inshootlari. Ochiq sport inshootlarini loyihalashda sport yadrosi va stadioni maydoni, shuningdek sport o‘yinlari uchun mo‘ljallangan maydonchalarning bo‘ylama o‘qi janubdan shimolga yo‘naltirilishiga qat’iy rioya qilish zarur.
Yopiq sport inshootlari:

    • sport zallari (tomoshabinlar uchun o‘rinlarsiz) va sport korpuslari;

    • yopiq tennis kortlari;

    • yopiq basseynlar; - yaxmalaklar;

    • sport saroylari; - yopiq stadionlar; - tirlar.



Nijniy Novgorod shahridagi (Rossiya)“Dinamo” stadi A.Gelfond,


Sport yadrosi:
1 – futbol maydoni; 2 – uzunligi 400 metrga teng yengil atletika yugurish yo‘lkasi; 3 – uzunligi 100 metrga teng yengil atletika yugurish yo‘lkasi;
4 – yadro, bosqon, disk va nayza uloqtirish uchun yengil atletika sektori; 5 – balandlikka sakrash sektori; 6 – uzunlikka va langar bilan balandlikka sakrash sektori; 7 – konkida yugurish uchun uzunligi 400 metrga teng muzli yo‘lak.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling