Sport ishlari vazirligi


Ustunchalarni aylanib o ‘tish


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

5.1.10. Ustunchalarni aylanib o ‘tish
О yin mazmuni.
Umumiy start chizig'ida bir necha jamoa 
kolonnalarda saf tortib turadi. Har bir jamoaning oldida start 
chizig'idan 
6
metr nariga birinchi ustuncha o'matiladi, keyin 2-3 
metr oraliqda 5 ta ustuncha o'rnatiladi. Rajhbami signalidan keyin 
jamoalarning birinchi turgan o'yinchilari to'pni oldinga surib
ustunchalarni aylanib o'tadi va xuddi shu usul bilan orqaga qaytib 
fmish-start chizig'iga kelib, to'pni ikkinchi o'yinchilarga uzatadilar 
va hokazo. Estafetada eng yaxshi natija ko'rsatgan jamoa g'olib 
hisoblanadi.
5.1.11. Epchil darvozabon
О 
yin mazmuni.
3-4 kishidan iborat bir necha jamoa galma- 
galdan musobaqlashadi. O'yinni boshlaydigan jamoa bir kishidan 
saflanib turadi. Oldinda 5 metr oraliqda uzunasiga ikkita to'shak 
qo'yilgan bo'ladi. To'shakdan 3 metr masofada rahbar turadi. 
Rahbaming signalidan keyin o'ynovchilar galma-galdan rahbar 
otgan to'pni oldinga dumaloq oshib o'rnidan turib, ilib olishi kerak. 
Agar o'yinchi to'pni ilib olsa, jamoasiga bir ochko keltiradi. 
Jamoaning har bir o'yinchisi mashqni uch marta bajarganidan keyin 
o'yin tugaydi. Raqib ham shunday harakat qiladi. Ko'p ochko 
to'plagan jamoa o'yinda yutgan hisoblanadi.
5.1.12. Bosh bilan nishonga
О yin mazmuni.
Bir necha jamoa galma-galdan musobaqalasha- 
di. O'yinni boshlovchilar bir qatorga saflanib turadilar. 10 metr na- 
ridagi devorda yoki yog'och shchitda diametri 
1
metr nishon 
belgilanadi. Nishondan 5 metr berida tepish chizig'i va tepish 
nuqtasiniig yon tomonida 3 metr masofada qo'lida to'p bilan 
onaboshi turadi. Rahbaming signalidan keyin birinchi nomerli 
o'yinchi yugura boshlaydi, onaboshi o'nga to'pni tashlaydi. O'yinchi 
sakrab uni boshi bilan urib, nishonga yo'naltiradi.
105


Qaytgan to ‘pni ilib olib, onaboshining o ‘miga turadi, onaboshi 
esa yugurib borib qator oxiriga turadi. Bu vaqtda jamoaning ikkinchi 
o‘yinchisi yugurib ketadi va hokazo. Hap bir o‘yinchi to‘pni boshi 
bilan uch martadan urgandan keyin jamoa musobaqani tugatadi. 
Xuddi shuni boshqa jamoalar ham qaytaradi. Ko'proq nishonga 
tegizgan jamoa o'yinda g‘olib hisoblanadi.
k

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling