Sport ishlari vazirligi
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.11.2. Koptok talashish
- Oyinning qoidalari.
- Metodik ко ‘rsatmalar.
Metodik к о ‘rsatmalar.
O'ynovchilar bir qatorli safdagina emas, aylana bo'ylab ham harakat qilishlari mumkin. Qatorda yurishda ahyon-ahyonda yo'nalishni o'zgartirib turish kerak. O'yinda tovushli (qarsak urish, childirma chalish va hokazo) bilan bir qatorda, ko'zga ko'rinadigan signallardan (bayroqchani turli tomonga siljitish, sekin yoki tezroq siltash va shu kabilardan) ham foydalanish lozim. 5.11.2. Koptok talashish O'yinchilar soni cheklanmaydi. O'yin sport maydonchasida yoki zalda o'tkaziladi. O'yinni o'tkazish uchun koptok (tennis koptogi, oddiy rezina koptok) kerak. O'yinning tavsifi. Chek tashlash yo'li bilan o'ynovchilar orasidan ikkita onaboshi saylanadi. Qolgan o'yinchilar esa ikki komandaga bo'linadilar va maydon chizig'ining orqasiga saflanadilar. Chek tashlanib qaysi komanda koptokni birinchi bo'lib otishi aniqlanadi. Koptokni komandaning xohlagan o'yinchisi otishi mumkin. Koptok maydon o'rtasiga otiladi. Koptok otilishi bilanoq ikkala komanda o'yinchilari koptokni birinchi bo'lib tutib olish va imkon boricha tezroq o'z onaboshilariga keltirib berish uchun maydonga yugurib ketadilar. O'yinning qoidalari. 1. Koptokni o'yinchilar bir-birlariga uzatayotganlarida urib yuborish, qo'ldan yulib tortib olish, koptokni olib yugurib ketayotgan o'yinchini qurshab olish mumkin. 2. 176 Koptokni o'yinchilar bir-biriga irg'itishi mumkin. 3. O'ynovchilar bir-birlariga yordam berishlari mumkin. 4. Koptokni onaboshiga irg'itib uzatish mumkin emas. 5. Oyoqni chalib, tutish mumkin emas. 6. Belgilangan vaqt ichida to'plangan ochkolar soniga qarab o'yinni yakunlash mumkin. Metodik ко ‘rsatmalar. Bu o ‘yin komandalarga bo'linib o'ynaladi va hamma o'ynovchilaming musobaqa sharoitida birdaniga harakat qilishlari bilan xarakterlanadi. Tez yugurish, koptokni irg'itib uzatish va ilib olish, harakat vaqtida vaziyatni yaxshi anglab ish tutish o'yinning mazmunini tashkil qiladi. Koptokni mo'ljallab otish, sherigiga o'z vaqtida yordam bera olish va hpkazolar o'yinning eng muhim jihatidir. Bu o'yinni III sinfdan yudori sinf o'quvchilariga tavsiya etish mumkin. O'ynovchilardan chaqqonlik, birgalashib harakat qilish, dadillik, qat’iylik va tez yugurish talab qilinadi. Bu musobaqa turidagi o'yindir. O'quvchilaming jismoniy tayyorgarlik darajasiga qarab o'yinni bir oz murakkablashtirish ham mumkin. Download 7.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling