Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

O'yinning qoidalari.
1. Faqat bir oyoqda sakrab boriladi. 2. 
Qarshi komandaga yetib borgandan keyingina ro'mol yoki kamarni 
yechiladi. 3. Oyoqni bog'lab bo'lgandan keyingina sakrab yurib 
ketiladi. 4. O'yinchilar tartib saqlagan holda bir-birlariga yordam 
berishlari mumkin.
Metodik ко ‘rsatmalar.
Bu o'yin harakat musobaqa o'yinidir. 
O'yinni V-VIII sinf o'quvchilari uchun tavsiya qilish mumkin. 
O'yindagi harakatlar yugurish va sakrashga asoslangani uchun 
o'ynovchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini e’tiborga olish, ikki 
komanda o'rtasidagi masofani ham shunga qarab belgilash kerak. 
O'yinda ikki komanda o'rtasidagi musobaqa yaqqol ko'rinib turishi 
lozim.
O'yinda g'alaba qozonish uchun o'ynovchilar oyoqlarini tez 
bog'lash va yechishni yaxshi bilib olgan bo'lishlari zarur.
175


5.11. Suv sport turlari
5.11.1. Signalga muvofiq harakatlar
O'yinga tayyorlanish.
Hamma o'ynovchilar oralaridan bir 
metrcha masofa qoldirib, bir qatorga saflanib turadilar. 0 ‘qituvchi 
ularga o'yin boshlanishidan oldin qanday signallar berilishini va bu 
signallar berilgandan keyin qanday harakatlar qilish kerakligini 
tushuntirib beradi. Masalan, bir marta qarsak chalinganda harakatni 
davom ettirish, ikki marta qarsak chalinganda sekin yugura boshlash 
kerak va hokazo.
O'yinning tavsifi.
O'quvchilar o'qituvchining turli tartibda 
beradigan shartli signallariga muvofiq harakat qiladilar. Harakatni 
bajarmagan yoki noto'g'ri bajargan o'ynovchilarga jarima ochkosi 
beriladi. Kamroq xato qilganlar yutgan hisoblanadi.
O'yinning qoidasi.
Yurish va yugurishda o'ynovchilar belgilangan 
masofani va saf tekisligini buzmasliklari lozim.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling