5.11. Suv sport turlari
5.11.1. Signalga muvofiq harakatlar
O'yinga tayyorlanish.
Hamma o'ynovchilar oralaridan bir
metrcha
masofa qoldirib, bir qatorga saflanib turadilar. 0 ‘qituvchi
ularga o'yin boshlanishidan oldin qanday signallar berilishini va bu
signallar berilgandan keyin qanday harakatlar
qilish kerakligini
tushuntirib beradi. Masalan, bir marta qarsak chalinganda harakatni
davom
ettirish, ikki marta qarsak chalinganda sekin yugura boshlash
kerak va hokazo.
O'yinning tavsifi.
O'quvchilar o'qituvchining
turli tartibda
beradigan shartli signallariga muvofiq harakat qiladilar. Harakatni
bajarmagan yoki noto'g'ri bajargan o'ynovchilarga
jarima ochkosi
beriladi. Kamroq xato qilganlar yutgan hisoblanadi.
O'yinning qoidasi.
Yurish va yugurishda o'ynovchilar belgilangan
masofani va saf tekisligini buzmasliklari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: