Oyinning qoidalari.
1. Ovchilar chiziqdan o‘ta olmaydilar,
chiziqdan o'tib turib otilgan to'p tekkan hisoblanmaydi. 2. To‘p
bilan o‘ynovchining boshidan boshqa hamma yeriga urish mumkin.
3. Yerdan sakrab borib o‘rdakka tekkan to ‘p hisobga olinmaydi. 4.
Otilgan
o‘rdaklar
hamma
o‘rdaklar
otilib,
komandalar
almashtirilgunicha o‘yinga qatnashmaydi.
0 ‘yinning t a ’lim-tarbiyaviy ahamiyati.
Bu o‘yin o ‘quvchilaming
mustaqilligi va tashabbuskorligini o‘stiradi. Bu o‘yin qatnashchilarda
o‘rtoqlik tuyg‘usini, o ‘zining manfaatini jamoaning umumiy
vazifalariga bo'ysundira bilish, o ‘zi va o‘rtoqlarining kuchini
haqqoniy baholay olishi iqtidorini tarbiyalashda yordam beradi.
0 ‘rdaklar rolidagi ishtirokchilar dadil bo'lishlari, ovchilar esa
mergan va o'z kuchiga ishonishlari kerak. Bu o'yindagi asosiy
harakat ko'chma nishonga to ‘p otishdir.
Metodik ко ‘rsatmalar.
Rahbar ovchilarga, ayniqsa, o'yinning
boshlanish paytida o'zaro kelishib harakat qilish, ya’ni to ‘pni
ko'proq bir-birlariga uzatib turish va qulay payt kelganda
o'rdaklarga otish kerakligini tushuntirishi va ularga shunday qulay
vaqt topishni o'rgatishi lozim. To‘pni uzatish mashqi o'quvchilarni
qo‘l to ‘pi bilan o'ynaladigan yanada murakkabroq sport o ‘yinlariga
tayyorlaydi.
0 ‘rdaklar rolidagi
o'yinchilarga bir-birlarining orqalariga
berkinmaslikni, qo‘rqmay to ‘pga chap berib qutulishni tavsiya qilish
kerak. Ularga to ‘pdan behuda qochaverish doimo foydali emasligini,
bundan tashqari, bunday harakat tez charchatib qo'yishini, turgan
joyida to'pga chap berishning har xil imkoniyatlaridan foydalanish
ma’qulligini uqtirish lozim.
Agar o'yinni o'tkazish uchun kam vaqt ajratilganu, o‘quvchilar
to‘p bilan o‘ynashni yaxshi bilsalar va jismoniy jihatdan o'yinni
ancha uzoq vaqt davom ettira oladigan darajada tayyorlangan
bo'lsalar, o ‘rdaklarni otish vaqtini cheklab qo‘yish mumkin.
Masalan, 3 daqiqa mobaynida otilgan o ‘rdaklar soni hisoblab
chiqiladi.
Ana shu vaqt ichida qaysi komandaning ovchilari ko'proq
o‘rdak otgan bo‘lsa, o‘sha komanda g‘olib hisoblanadi. To'pni
belgacha yoki tizzagacha tegizish mumkinligi aytib qo'yilishi kerak.
171
Do'stlaringiz bilan baham: |