5.8.5. Yuklar bilan yugurish
О yinga tayyorlanish.
0 ‘ynovchilar ikki komandaga bo'linib, ikki
qatorga saflanadilar (komandalarda o‘g‘il
va qiz bolalar soni teng
bo'lishi kerak). Har bir komandaning ro'parasiga 2-2,5 metr narida
4-5 ta g‘o‘lacha, bulava va to ‘plar qo'yiladi.
Har bir komandaning
birinchi o‘yinchilarida 1-1,5
kg
og'irlikdagi ryukzak yoki xaltacha
bo'ladi.
О yinning tavsifi.
0 ‘qituvchining signalidan keyin birinchi bo'lib
turgan o'yinchilar g‘o‘lachalar yoki to'plar orasidan yugurib o'tib,
orqa tomonga
ham shu usUlda qaytib kelib, ryukzak yoki xaltachani
ikkinchi o'yinchiga beradilar va qatorning oxiriga borib turadilar.
Ana shu harakatni hamma o ‘yinchilar takrorlaydi.
Bu ishni birinchi
bo'lib tugatgan komanda g'olib hisoblanadi.
O'yinning boshqa variantlarida ryukzak o'rniga ikki yoki uch
oyoqli velosipedni haydab yoki basketbol to‘pini
yerga urib yugurish
ham mumkin.
5.8.6. Kim kuchli
О yinga tayyorlanish.
0 ‘quvchilar ikkitadan bo‘lib maydon
chaning o'rtasida yuzma-yuz turadilar. Ikkala juftlikda ham kuchlari
bir-biriga teng o'yinchilar bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: