tegizishi shart. Shundan keyingina u chiziqdan qaytib o‘tishi va
yana o‘z komandasida o'ynash huquqiga ega bo'ladi. Hisobchilar
tortib o ‘tkazilgan o‘yinchilarni sanab boradilar.
Har bir tortib
o'tkazilgan o'yinchi uchun komanda bitta ochko oladi. O'yinda
ko‘proq ochko to‘plagan komanda yutgan hisoblanadi.
О ‘yinning qoidalari.
1. O'yinchini faqat qo‘lidan ushlab tortish
mumkin. 2.
Bittadan, juftlab, biryo‘la bir qancha o'yinchini tortib
o'tkazish ham mumkin. 3. Ikkala oyog'i chiziqdan o'tkazilgan
o'yinchigina tortib o ‘tkazilgan hisoblanadi. 4. O'yinchilarning
kiyimidan, oyog'idan ushlab tortish taqiqlanadi.
Eslatma.
Bu o'yinni tanaflussiz bir
daqiqagacha davom ettirish
mumkin. Shuncha vaqt o'tgandan keyin qisqa tanaffus beriladi va
o'yin yana bir marta takrorlanadi. Tirnog'i o'sgan bolalar o'yinga
qatnashtirilmaydi.
O'yinning o'ziga xos harakatlari — qo'l bilan ushlab tortish.
Do'stlaringiz bilan baham: