5.8. Kurash turlariga xos harakatli o‘yinlar
5.8.1. Xo ‘rozlar jangi
O'yin maydonchada, zalda yoki koridorda o'tkaziladi.
О yinga tayyorlanish.
Yerga diametri 2 metrli aylana chiziladi.
Hamma o'yinchilar 2 ta komandaga bo'linadilar va doira yonida
bir-birlariga yuzma-yuz ikki qator bo'lib turadilar.
Har bir komandada bittadan onaboshi tayinlanadi.
О ‘yinning tavsifi.
Onaboshilar o'z
komandalaridan bittadan
o'yinchini ajratadi va ular aylana ichiga kirib qo'llarini orqaga qilib
bir oyoqlab turadilar. Signal berilishi bilan bir-birlarini yelkalari va
gavdalari
bilan turtib, itarib aylanadan chiqarishga harakat qiladilar.
O'z raqibini tashqariga chiqara olgan o'yinchi g'olib hisoblanadi va
o'z komandasi uchun bir ochko yutgan bo'ladi. Shundan keyin
doyra o'rtasiga onaboshilar lozim toptan navbatdagi “xo'rozlar” jufti
kiradi. O'yin hamma bolalar xo'roz rolini bajarib bo'lgunicha
davom ettiriladi. O'yinchilari ko'p ochko to'plagan
komanda yutgan
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: