bittadan to'ldirma to ‘p beriladi. Agar o'yin maydonchada o'tkazilsa,
to'p o'rniga yadrodan foydalanish mumkin.
Oyinning tavsifi.
Har bir juft o'yinchi ikkitadan to'ldirma to'pni
olib, maydoncha yoki yalanglikning bir tomonida turadi. 0 ‘yin
o ‘ynovchilardan binning to'pni yoki yadroni oldinga uloqtirishi
bilan boshlanadi. Bir o'yinchi to ‘p yoki
yadroni uloqtirgandan keyin
ikkinchi o'yinchi ham xuddi shunday qiladi, lekin u o'z yadrosi yoki
to'pini nishonga, ya’ni birinchi o'yinchi uloqtirgan to'p yoki
yadroga tegizishni mo'ljallab uloqtiradi. Agar ikkinchi o'yinchi
nishonga
tegiza olmasa, uning to ‘pi yoki yadrosi yumalab ketsa,
birinchi o'yinchini to'p dumalab borib to ‘xtagan joygacha
orqasiga
mindirib, ko'tarib olib boriish kerak. Shundan keyin g'alaba qilgan
o'yinchi o‘sha joyning o‘zidan o'yinni qaytadan boshlaydi.
0 ‘ynovchilar to'p yoki yadroni 3-4
martadan uloqtirgunicha
o'yin davom etadi. 0 ‘yinni o'ynovchilarning biri ikkinchisidan
ustunligi ma’lum bo'lgandan keyin to'xtatish mumknn.
Oyinning qoidalari.
1. To'p yoki
yadroni xohlagan usul bilan
uloqtirish mumkin. 2. Ikkinchi o'yinchining to'pi birinchi o'yinchi-
ning to‘piga tegsa, lekin dumalab ketmasa ham birinchi o'yinchi uni
opichlab o'sha to'p tekkan joygacha olib borishi kerak. Qaytadan
uloqtirish huquqi ikkinchi o'yinchiga beriladi. 3. O'yinni
boshlash-
dan va har safar davom ettirishdan oldin to‘p uloqtiriladigan chiziq
o'tkazish kerak. U chiziqni bosish taqiqlanadi. 4. O'ynovchilar bara-
var imkoniyatga ega bo'lishini ta’minlash uchun bir xil to'plardan
foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: