Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

Oyinning qoidalari.
1. Arqonchaga oyog'i tekkan o'yinchi orqa­
ga qaytishi va xohlagan joyidan yugurib kelib, arqoncha ustidan 
yana sakrab o'tishi kerak. Shundan keyin u yugurishni davom 
ettirishi mumkin.
O'yinning boshqa qoidalari to'g'riga yugurish musobaqasining 
qoidalari bilan bir xildir. 
j
Eslatma.
Balandlikka sakrab yugurish musobaqasining o'ziga xos 
turlaridan biri “Arg'amchi bilan sakrash” o'yinidir.
Bu o'yin quyidagicha bo'ladi.
O'yinchilar bittadan bo'lib qatorlarga saflanadilar. Qatorlar orasi 
kamida 2 metr bo'ladi. Har bir qatoming boshida turgan 
o'yinchilarga bittadan sakrab o'ynaladigan kalta arqoncha beriladi.
Qatorlar boshida turgan o'yinchilar signal berilishi bilan 
arg'amchining bir uchini o'zlaridan keyinda turgan o'yinchilarga 
berib, ikkinchi uchini o'zlari ushlab, aylantiradilar va qatorda turgan 
barcha o'yinchilarning oyoqlari tagidan o'tkazadilar. Qatorda 
turganlar arg'amchi ustidan sakraydilar. Ularning hammasi sakrab 
bo'lgandan keyin qatorlar boshida turgan o'yinchilar qatorlar oxirida 
qoladilar, ularning ketida turgan o'yinchilar esa oldinga yuguradilar 
va arg'amchining bo'sh uchini o'zlaridan keyinda turgan o'yinchi­
larga beradilar, arg'amchi yana aylantiriladi va qatorlarda turganlar 
uning ustidan sakraydilar. Shundan keyin qatorlar boshida ikkinchi 
bo'lib turgan o'yinchilar qator oxiriga o'tib qoladilar, qatorlar 
boshida uchinchi bo'lib turgan o'yinchilar esa oldinga yugurib borib, 
arg'amchining bo'sh uchini o'zlaridan keyin turgan o'yinchilarga 
beradilar va hokazo.
O'yin hamma o'ynovchilar navbatma-navbat arg'amchidan 
sakraganlari holda qator bo'ylab yugurib chiqqunlarigacha davom 
ettiriladi. O'yinni boshlashdan oldin qatorlar boshida birinchi bo'lib 
turgan o'yinchilar yana qatorlar boshiga kelib, arg'amchini o'z 
qo'llariga olganlaridan keyin o'yin tugaydi. O'yinni birinchi bo'lib 
tugatgan qator g'olib chiqqan hisoblanadi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling