Sport ishlari vazirligi
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O yinning qoidalari.
5.2. Voleybol
5.2.1. Voleybolchilar estafetasi O'yinning tavsifi. 0 ‘yin ishtirokchilari o‘zaro teng ikki jamoaga bo'linadilar. Ikkala jamoa o'yinchilari ikkitadan bo‘lib, oralaridan bir oz joy qoldirib o'zaro parallel ikki qatorga saflanadilar. Oldinda turganlarning oyoqlari uchi oldidan chiziq o'tkaziladi. Bu chiziqdan 10-15 qadam narida unga parallel qilib ikkinchi chiziq tortiladi. Qatorlar boshida turgan har qaysi juft o'yinchining biriga bittadan to'p beriladi. Oldinda turgan har qaysi juft o'yinchilar rahbar signal berishi bilan oldinga qarab yugurib, yo'lda to ‘pni kaftlari bilan yuqoriga urib bir-birlariga qaytaradilar. Ular ikkinchi chiziqqacha yugurib borib, yana shu yo‘ldan o'z qatorlariga qaytadilar, to‘pni so'nggi marta urib navbatdagi juft o'yinchilarga uzatib, o‘z qatorlarining oxiriga borib turadilar. Navbatdagi o'yinchilar, uchib kelgan to‘pni 107 ilib olmasdan, kaftlari bilan urib bir-birlariga qaytarib oldinga i yugurib ketadilar. О‘yin har bir jamoaning hamma juft o'yinchilari shu tarzda to'pni urib-urib bir-birlariga qaytarib yugurib bo'lgunlaricha davom ettiriladi. Navbat yana birinchi juft* o'yinchilarga kelganda ulardan biri to'pni qo'lga olib yuqoriga ko'taradi va shu bilan jamoa yugurishni tamomlaganligini bildiradi. Yugurishni birinchi bo'lib tamomlagan jamoa g'alaba qozonadi. O yinning qoidalari. 1. Agar har juft o'yinchilardan birontasi to'pni yerga tushirib yuborsa, uning o'zi to'pni yerdan olishi va shu! joyning o'zida uni urib uzatishni davom ettirishi kerak. 2. Navbatdagi juft o'yinchilar o'zlariga to'p berilgunicha chiziqni bosib oldinga o'tmasliklari lozim. 3. Navbatdagi juft o'yinchi to'pni urib uzatib, yugurib ketganidan so'ng butun qator bir qadam oldinga; suriladi, yugurib ketgan juft orqasida turgan o'yinchilar esa yugurish boshlanadigan chiziqda borib turadilar. Eslaima. Yugurib kelayotgan o'yinchilar o'z qatoriga yaqin kelganda yugurib ketadigan navbatdagi juft o'yinchilarga yo'l berish uchun orqaga tislanib, bir-biridan uzoqlashishi kerakligini o'quvchilarga tayinlab qo'yish lozim. Bu o'yinni VII sinfdan boshlab o'tkazish tavsiya qilinadi. Download 7.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling