Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

Metodik ко 'rsatmalar.
Agar o'ynovchilar ko'payib ketsa, ularni 
ikki davraga bo'lish va o'yinni alohida-alohida davralarda o'tkazish 
mumkin. Bu o'yinni yuqoridan kelayotgan to'pni barmoqlar bilan 
ilish va qaytarib uzatish yo'li bilan murakkablashtirish mumkin.
Bu o'yin o'quvchilarni voleybol o'yiniga tayyorlaydi.
5.2.5. Aylanachalardan sakrash
O'yinning tavsifi.
O'ynovchilar bab-baravar uchta jamoaga 
bo'linadilar. Har bir jamoa bir-biridan 1-2 metr oraliqda qatorga! 
saflanadi, qatorlar o'zaro parallel holda turadilar. Qatorlar boshida 
turganlaming oyoqlari oldidan chiziq o'tkaziladi.
110


Наг bir jamoa ro‘parasiga — yerga to'rttadan arqoncha shaxmat 
tartibida kichik-kichik (diametri 40-50 
sm
li) aylana qilib qo'yiladi. 
Old chiziqdan birinchi aylanagacha, shuningdek, aylanachalaming 
oralig'idagi masofa bir yarim-ikki qadam bo'ladi.
0 ‘yin rahbarning signali ЬДап boshlanadi. Oldinda turgan 
o'yinchilar birinchi aylanachadan boshlab oxirgi aylanagacha ketma- 
ket sakraydilar (bir oyciqlab yoki ikki oyoqlab sakraladi, bunda 
oyoqlami almashtirib sakrashga ruxsat etiladi). Eng uzoqdagi 
aylanachaga yetganlaridan keyin ular aylanachalar yonidan yugurib, 
orqaga qaytib kelib, qo'llarining kaftini navbatdagi o'yinchilar kaftiga 
tegizadilar va o'z jamoaning orqasiga borib turadilar. Navbatdagi 
o'yinchilar ham oldingi o'yinchilaming harakatlarini qaytaradilar. 
Hamma o'yinchilar aylanachalardan sakrab bo'lganlaridan so'ng o'yin 
tugaydi. Sakrashni boshqalarga qaraganda tezroq, yaxshiroq bajaigan 
va tamomlagan (kamroq jarima ochkolari olgan) jamoa g'alaba 
qozonadi.
O'yinning qoidalari:
1. O'yinchisi sakraganda aylanacha “chizig'i” 
-arqonchani bosib olgan yoki sakrab aylanacha tashqarisiga tushgan 
jamoaga bitta jarima ochkosi beriladi. Biror jamoa o'yinni 
lugatgandan keyin kechiktirilgan har bir soniya uchun ham orqada 
qolgan jamoalarga bittadan jarima ochkosi beriladi. 2. Navbatdagi 
o'yinchi sakray boshlagandan so'ng uning orqasida turgan o'yinchilar 
bir qadam oldinga suriladilar va birinchi bo'lib qolgan o'yinchilar 
sakrash boshlanadigan chiziq oldiga kelib turadilar. 3. Jamoada tartib 
laqami bo'yicha oxiigi bo'lgan o'yinchi yugurib kelib, kaftini o'yinni 
boshlab bergan birinchi o'yinchining kaftiga tegizadi, o'yinni boshlab 
bergan o'yinchi esa qo'lini baland ko'tarib, o'zining jamoasi sakrashni 
(ugatganligini bildiradi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling