Oyinning qoidalari.
1. O'yin vaqtida to'pni yerga tushirgan
o'quvchi uni yerdan o'zi olishi va o'z joyiga turib, to'pni boshidan
oshirib uzatishi lozim. 2. To'pni faqat o'zidan keyinda turgan
o'ynovchigagina uzatish kerak. Agar o'ynovchi bu qoidani buzsa,
jamoaga jarima ochkosi beriladi.
Metodik к о ‘rsatmalar.
O'yinni to'g'ri yakunlash va g'olib
chiqqan komandani to'g'ri aniqlash uchun o'qituvchi o'yinning
borishini diqqat bilan kuzatishi lozim. Jamoalar tarkibida 12-15
kishidan ortiq o'ynovchi bo'lmasligi kerak, aks holda o'ynovchilar
o'z navbatlari kelishini uzoq kutishga majbur bo'ladilar, bu esa
ularning o'yinga qiziqishlarini susaytiradi.
5.2.8. Q o‘sh a lo q to ‘p
O'yinga tayyorlanshi.
O'yin maydonchada o'tkaziladi. O'yinni
o'tkazish uchun arqon va ikkita voleybol to'pi bo'lishi kerak.
O'ynovchilar o'zaro teng ikki jamoaga bo'linib, maydonchaning ikki
(omoniga xohlaganlaricha joylashib turadilar.
Oyinning tavsifi.
O'qituvchi signal berishi bilan birinchi jamoa
o'yinchilari to'pni qo'l bilan urib ikkinchi jamoaga uzatadilar.
Hamma o'ynovchilar ham to'pni qarshi tomonga oshirib yuborishga
va ikkala to'pning bir vaqtda raqiblari tomonidan bo'lishiga erishish
uchun intiladilar. O'yinning natijasi ochko bilan hisoblanadi. O'yin
jamoalardan birida 10 ta jarima ochkosi to'plagunicha davom
ettiriladi.
Agar:
a)
jamoa
uzatgan
to'p
qarshi
jamoa
o'ynovchilarining birontasiga tegmasdan maydoncha chizig'idan
tashqariga tushsa; b) ikkala to'p ham bir vaqtning o'zida shu jamoa
(omoniga o'tib qolsa; c) uzatilgan to'p arqonga tegsa yoki uning
lagidan o'tib ketsa; d) uchib kelayotgan to'pni qo'l bilan urib
yuborilmay, ilib olib uzatilsa, xato qilingan hisoblanadi va har bir
xato uchun jamoaga bittadan jarima ochkosi beriladi.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |