Oyinning qoidalari.
1. O'yin boshlanishida va ikkala to'p ham
bir tomonda bo'lib qolgan hollarda to'p markazdan urib uzatiladi. 2.
Agar to'pning biri borib ikkinchisiga tegsa, o'yin to'xtatiladi va'
signal bo'yicha boshqatdan boshlanadi. 3. O'ynovchilar o'z joylarida
turishlari, bir joyga to'planmasliklari, lekin bir joyda to'xtab
qolmasliklari ham kerak.
Metodik ко ‘rsatmalar.
O'ynovchilar ahyon-ahyonda joy almash-
tirib turishlari mumkin. Shunda arqon yonidagilar orqaga va orqa-
dagilar arqon yoniga o'tadilar. O'ynovchilar to'pni galma-gal uza-
tishlari kerak.
Bu qoidalar yaxshi o'zlashtirilgandan keyin o'yinni murakkab-
lashtirish (to'pni uzatib ! bermasdan, barmoq uchlari bilan urib
yuborish) mumkin.
5.2.9. Uch variantli to ‘p
1-variant.
Bu o'yinda nechta o'quvchi qatnashishi oldindan
belgilab qo'yilmaydi. Unda ikkitadan 20-30 tagacha o'yinchi
qatnashishi mumkin. O'yinning bu varianti faqat qiz bolalarga
mosdir.
O'yin uchun voleybol to'pi yoki oddiy rezina to'p kerak.
Oyinning_tavsifi.'>Oyinning tavsifi.
O'yinni yakkama-yakka yoki jamoalarga b o '
linib o'ynash mumkin. O'ynovchilardan biri to'pni zarb bilan yerga
uradi va to'p havodalik vaqtida o'zi bir aylanib, oldingi turgan
holatiga qaytadi. O'ynovchi yana shu harakatni takrorlaydi. O'yin
shu tartibda davom ettirilaveradi. O'ynovchi to'pni ura olmay qolsa
yoki noto'g'ri urib yuborsa (to'p boshqa tomonga sapchib ketsa),
muvozanatini yo'qotsa, o'yin to'xtatiladi.
Oyinning
qoidasi. To'pni eng ko'p marta urib sapchitgan
o'yinchi g'olib hisoblanadi.
Metodik ко ‘rsatmalar.
Bu o'yin kichik va o'rta maktab yoshidagi
qizlar uchun tavsiya qilinadi.
Bu o'yin chaqqonlik, muvozanatni saqlay olish kabi muhim
sifatlarni
tarbiyalaydi,
shuningdek,
to'pni
boshqara
olish
malakalarini mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |