Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

Oyinning qoidalari.
1. O'yin boshlanishida va ikkala to'p ham 
bir tomonda bo'lib qolgan hollarda to'p markazdan urib uzatiladi. 2. 
Agar to'pning biri borib ikkinchisiga tegsa, o'yin to'xtatiladi va' 
signal bo'yicha boshqatdan boshlanadi. 3. O'ynovchilar o'z joylarida 
turishlari, bir joyga to'planmasliklari, lekin bir joyda to'xtab 
qolmasliklari ham kerak.
Metodik ко ‘rsatmalar.
O'ynovchilar ahyon-ahyonda joy almash- 
tirib turishlari mumkin. Shunda arqon yonidagilar orqaga va orqa- 
dagilar arqon yoniga o'tadilar. O'ynovchilar to'pni galma-gal uza- 
tishlari kerak.
Bu qoidalar yaxshi o'zlashtirilgandan keyin o'yinni murakkab- 
lashtirish (to'pni uzatib ! bermasdan, barmoq uchlari bilan urib 
yuborish) mumkin.
5.2.9. Uch variantli to ‘p
1-variant.
Bu o'yinda nechta o'quvchi qatnashishi oldindan 
belgilab qo'yilmaydi. Unda ikkitadan 20-30 tagacha o'yinchi 
qatnashishi mumkin. O'yinning bu varianti faqat qiz bolalarga 
mosdir.
O'yin uchun voleybol to'pi yoki oddiy rezina to'p kerak.
Oyinning_tavsifi.'>Oyinning tavsifi.
O'yinni yakkama-yakka yoki jamoalarga b o '­
linib o'ynash mumkin. O'ynovchilardan biri to'pni zarb bilan yerga 
uradi va to'p havodalik vaqtida o'zi bir aylanib, oldingi turgan 
holatiga qaytadi. O'ynovchi yana shu harakatni takrorlaydi. O'yin 
shu tartibda davom ettirilaveradi. O'ynovchi to'pni ura olmay qolsa 
yoki noto'g'ri urib yuborsa (to'p boshqa tomonga sapchib ketsa), 
muvozanatini yo'qotsa, o'yin to'xtatiladi.
Oyinning
qoidasi. To'pni eng ko'p marta urib sapchitgan 
o'yinchi g'olib hisoblanadi.
Metodik ко ‘rsatmalar.
Bu o'yin kichik va o'rta maktab yoshidagi 
qizlar uchun tavsiya qilinadi.
Bu o'yin chaqqonlik, muvozanatni saqlay olish kabi muhim 
sifatlarni 
tarbiyalaydi, 
shuningdek, 
to'pni 
boshqara 
olish 
malakalarini mustahkamlaydi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling