Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

O yinga tayyorlanish.
O'ynovchilar 2-3 jamoaga bo'linadilar va; 
har bir jamoa ham, o'z navbatida, yana teng ikki guruhga bo'linadi. 
Guruhlar oralig'i xuddi yugurish estafetasidagi singari 15-20 metr, 
bo'ladi va ular bir-birlariga qarab turadilar. O'yinning shartlari ham 
yugurish estafetasidagi kabidir. Jamoalarning guruhlari orasiga. 
to'siqlar qo'yiladi va o'yinchilar shu to'siqlardan sakrab yugurib 
o'tadi, To'siqlar quyidagicha bo'lishi lozim: 1) yerga orasi 1-1,2 
metr qilib chizilgan ikkita ko'ndalang chiziq; 2) gimnastika 
skameykasi (skameykani qo'l bilan ushlab, undan sakrab o'tiladi); 3), 
arqoncha (ikki o'quvchi arqonni pastroq ushlab turadi, o'ynovchilar 
undan sakrab o'tadilar; 4) osma to'p (o'ynovchilar yuguribj 
ketayotganlarida unga turtinib o'tishlari kerak) va hokazo. Bu 
o'yinda to'siqlardan o'tib yuguriladi. Oldin yugurib bo'lgan va, 
to'siqdan o'tishda xato qilmagan yoki kamroq xatoga yo'l qo'ygan. 
jamoa yutgan hisoblanadi.
Oyinning qoidalari.
1. Har bir o'yinchi hamma to'siqlardan 
o'tishi lozim. 2. Agar u to'siqqa qoqilsa yoki undan noto'g'ri oshsa, 
orqaga qaytishi va to'siq-dan qaytadan o'tishi shart. Xatoga yo'l 
qo'ygan o'yinchi to'siqdan to'g'ri o'tgandan keyingina navbatdagi,; 
o'yinchini chaqirish uchun yugurishda davom etadi. 

t
j
5.2.7. To‘pniboshdan oshirib uzatish
O'yinga tayyorlanish.
O'yinchilar ikki guruhga bo'linadilar va- 
oralaridan 2-3 qadam joy qoldirib ikki qatorga saflanadilar. Qatorlarj 
boshida turgan o'ynovchilarda voleybol yoki basketbol to'pi bo'ladi.
112


Oyinning tavsifi.
O'qituvchi “Tayyorlan!”, “Diqqat!”, “Marsh!” 
ko'rsatmalarini bergandan keyin qatorlar boshidagi ishtirokchilar 
to'pni boshlaridan oshirib orqalarida turgan navbatdagi o'ynovchiga 
uzatadilar. To'p qator oxirida turgan o'ynovchiga yetib borguncha 
uzatiladi. Qator oxirida turgan o'yinchi to'pni olishi bilan o'ng 
(omondan qatoming oldiga yuguradi va birinchi bo'lib turib to'pni 
boshidan oshirib orqasida turgan o'ynovchiga uzatadi. O'yin hamma 
ishtirokchilar to'pni olib, oshirib bo'lgunicha davom ettiriladi. Uni 
boshlab bergan o'yinchi qator oxirida qolib, to'pni olganidan keyin 
qator oldiga yugurib keladi va to'pni yuqoriga ko'taradi. O'yinni 
oldin tamomlagan jamoa yutgan hisoblanadi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling