Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

5.3.2. B o ‘rizovur ichida
Oyinning tavsifi.
Maydonchaning o'rtasida ko'ndalangiga 1,5-2 
qadam oraliqda parallel chiziqlar o'tkaziladi. Bu shartli ravishda 
zovur bo'ladi. Zovurning ikki yonidan 10-15 
m
nariga uy 
chegarasini bildiradigan yana ikkita parallel chiziq o'tkaziladi. 
Onaboshi qilib tayinlangan o'yinchi, ya’ni bo'ri zovurda turadi. 
Qolgan o'yinchilari, ya’ni echkilar yon chiziqlardan birining 
orqasidagi “uy”ga joylashadilar.
O'qituvchining ishorasi bilan echkilar oldinga yuguradilar, yo'l- 
da zovur ustidan sakrab o'tib, maydonchaning qarshi tomonidagi


chiziq orqasiga borib turadilar. Bo‘ri zovurdan chiqmasdan, sakrab 
o‘tayotgan echkilarni ushlashga (ularga qo‘l tegizishga) harakat qi­
ladi. Bo‘rining qo‘li tekkan o'yinchi tutilgan joyda to'xtab qoladi. 
Zovurdan omon-eson sakrab o‘tgan echkilar qarama-qarshi tomon­
dagi chiziqqa qarab yuguradilar. Rahbar ushlangan o'yinchichlami 
aniqlab oladi va ularga o'yinda yana qatnashishga ruxsat beradi. 
Echkilar zovurdan uch marta sakrab o'tganlaridan keyin yangi bo'ri 
tayinlanadi.
Echkilar zovurdan uch marta sakrab o'tishida ularning ko'p- 
rog'ini tuta olgan bo'ri hamda biron marta ham qo'lga tushmagan 
yoki boshqa o'yinchilarga qaraganda kamroq tutilgan echkilar 
yutgan hisoblanadi.
Oyinning qoidalari.
1. O'yinchi sakrayotib zovuming ikkinchi 
tomonini bir oyog'i bilan bosgan bo'Isa ham onaboshi unga qo'l te- 
gizmasligi kerak. 2. Orqada qolgan o'yinchi rahbaming shosh- 
masdan “bir, ikki, uch” deyishidan kechikmay zovurdan sakrab 
o'tishi kerak, aks holda, tutilgan hisoblanadi. 3. Zovurdan sakrab 
o'tmagan o'yinchi ham yutqazgan bo'ladi.
Eslatma.
O'yinchichlar soni ko'p bo'Isa (yoki bolalar o'yin bilan 
birinchi marta tanishtirilayotganda), ularning hammasini baravar 
emas, balki ikki yoki uch guruhga bo'lib navbati bilan yugurtirish 
mumkin.
O'yinning ikkinchi varianti asosan quyidagicha o'tkaziladi. 
Yugurib o'tuvchilar tomonida, zovurdan 4-5 qadam narida rahbar 
tayinlangan o'yinchilar yerdan 50-60 
sm
baland qilib (o'yinchi- 
laming tayyoigarligiga qarab) arqonchani tortib turadilar. Echkilar 
yugurib kelib arqonchadan sakrab o'tadilar, keyin, zovurdan 
hatlaydilar. Arqonchani tortib turuvchi bolalar har safar yugurib 
o'tib bo'lgach, navbatdagi yugurib o'tish boshlanadigan tomonga 
o'tib turadilar.
O'yinning o'ziga xos harakatlari chap berib va uzunlikka sakrab 
qisqa-qisqa yugurishlardan iboratdir.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling