Tarmoqlarini loyixalash


Download 114.59 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi114.59 Kb.
#1335955
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Suv qabul qilgichlarning turlari va ularga qo’yiladigan talablar


Zax qochirish tarmoqlarini loyixalash loyixalash.
10.1. Suv o’tkazuvchi zovur tarmoqlari.
Zax qochirish tizimlari ortiqcha yer usti va tuproq sizot suvlarini boshqaruvchi zovurdan qabul qilib kollektorga yetkazish berish uchun xizmat qiladi.
Zax qochirish tizimlari tarkibiga suv yig’uvchi zovurlardan tortib to suv qabul qiluvchilarga bo’lgan kollektor va uning tarmoqlari kiradi.
Kollektor zaxi qochiriladigan tizimining suv qabul qilishini bog’lovchi asosiy qismi hisoblanadi va uni loyihalashda quyidagilarga rioya etish kerak:
Zaxi qochiriladigan maydonning istalgan qismidan zax suvlarni qabul qila olishini hisobga olib, zaxi qochiriladigan maydonning eng past yer sathlarida joylashtirilishi.
Imkoni bor qadar kam uzunlikka ega bo’lishligi buning uchun esa yer nishabining katta qiymatlarida loyihalanishi.
Kollektorning o’zani yuvilmasligi va unga loyqa cho’kmasligi.
Kollektorni suv qabul qilish manbasiga suv quyish joyi mustahkam va to’g’ri chiziqli bo’lishi va boshqalar.
Kollektorlar zaxi qochiriladigan maydoning quyi yer sathlarida, xo’jalik chegaralari, yo’l va himoya daraxtlari yoqalab loyihalanishi kerak.
Kollektorlar o’zaro xo’jalik hududini tashkil etish sxemasi, xamda yetishtirilayotgan ekin turiga bog’liq holda 300-1500 m gacha bo’lgan masofada joylashadi.
Kollektorlarni rejada, asosan to’g’ri chiziqli joylashtirishga erishish kerak, ularni 60-800 ga burilishiga ruxsat etiladi. Katta kollektorlar o’zaro 600 li, suv qabul qilish manbasi bilan esa 450 li burchak ostida tutashishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida zah qochirish tizimlarining nafaqat ko’ndalang shakli, balki bo’ylama shakli ham o’zgarishi mumkin.
Buning asosiy sababi gruntlarnining mustaxkamligini susaytirish jarayoni hisoblanadi. Guruntlarning mustaxkamligining kamayishi yer osti suvlari
tomonidan bo’ladigan bosim ta’sirida grunt zarrachalarining yuvilishi natijasida kelib chiqadi.
Kollektorning deformatsiyalanish ko’rinishlari quyidagicha bo’ladi:
Zax suvlarning sizilib chiqish joylarida kollektor yon tomonlarining siljishi yoki xolatining o’zgarishi;
Yon devorning yomg’ir, qor va tashlama suvlar bilan yuvilishi;
Loyihalash jarayonida nishablikning yuqori bo’lshi natijasida o’zanning yuvilishi
Nishablikning kichik bo’lishi oqibatida loyqa cho’kishi yoki loyqa bilan to’lib qolishi;
O’zan va yon devorlarining o’tlar bilan qoplanishi.
Yuqorida keltirilganlarning eng ko’p uchraydigani yon devorlarning sizot suvlari gidrodinimik bosimi ta’sirida siljishi hisoblanadi. Bu holat kollektorda suvning damlanishi va suv sathining birdan o’zgarishida namoyon bo’ladi.
Zax qochirish tizimlarini loyihalashda, zax qochirish maydonidan ortiqcha tuproq namini zax-oqova suv holatiga aylantirib, uzoqlashtirish hisobga olinishi kerak. Zax qochirish tizimlari tarkibiga boshqaruvchi va yig’uvchi zovurlar, kollektorlar. kiradi.
Bu tizimlarning har biri o’zlarining o’lchamlariga (zovurlar orasidagi masofa va zovurni yotish chuqurligi) ko’ra rejada ma’lum tartibda ketma-ket va bir-biriga bog’langan xolda joylashtiriladi (10.1.1-rasm).

10.1.1-rasm. Zah qochirish tizimi sxemasi:
boshqaruvchi zovur; 2-yig’uvchi zovur; 3-xo’jalik ichki kollektori; 4-xo’jalik kollektor; 5-bosh kollektor; 6-suv qabul qilgich.

Download 114.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling