Tarmoqlarini loyixalash


Download 114.59 Kb.
bet5/5
Sana06.04.2023
Hajmi114.59 Kb.
#1335955
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Suv qabul qilgichlarning turlari va ularga qo’yiladigan talablar

Suv qabul qilgichlar sifatida tabiiy va sun’iy oqar suv va xavzalar (daryo, jarlik, suv ombori, katta ko’llar, ayrim xolda yer osti suv singdiruvchi qatlam) xizmat qilib, ular zaxi qochiriladigan maydondagi suvlarni o’zi oqib keladigan yoki mexaniq ko’tarish orqali qabul qiladi.
Zah qochirish tizimining ishlashi suv qabul qilgichning imkoniyati bilan bevosita bogliq. Shuning uchun xam u quyidagi shartlarni qanoatlantirishi kerak.
zah qochirish xududida yigilgan suvlarni o’z vaqtida olib ketish darajasida suv o’tqazish qobiliyatiga ega bo’lishi.
quyilish joyida zax qochirish kanallari satxi tusiqqa uchramasligi, buning uchun suv qabul qilgich suv gorizonti kollektordagi sizot suvlari satxidan ancha pastda bo’lishi.
butun uzunligi bo’yicha doimiy va mustaxkam o’zan va qirgoqlarga ega

bo’lishi. Agar suv qabul qilgich bu talablarga javob bermasa, unda maxsus tadbirlar amalga oshiriladi:


Suv qabul qilgichning qoniqarsiz ishlashiga olib keluvchi sabablar: Soxilni toshqin suvlari bosishi va qirgoq yuvilishi.
O’zanning egri-bugriligi sababli suvning nishabligi va tezligi pasayishi. O’zanni begona o’tlar va loyqa bosishi
Xisobiy suv sarfini o’tkaza olmaydigan kichik ko’ndalang kesimi. Uzunlik bo’yicha ko’ndalang kesim yuzasining bir xil bo’lmasligi. O’zanli suv qabul qilgichda sun’iy to’siq inshootlar orqali suv dimlanishi.
Zah qochirish xududiga nisbatan suv qabul qilgichning yuqorida joylashishi. Agar suv qabul qilgichlar tabiiy sharoitda yuqoridagi talablarga javob bermasa,
ularni rostlanadi.
Rostlash quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiriladi:
Daryo o’zanini rostlash, Daryodagi suv oqimini rostlash,
Suv qabul qilgichning qirgoqlarini mustaxkamlash.
Agar yuqoridagi tadbirlar o’zi oqar tizim uchun samarali bo’lmasa, unda suvni mexaniq ko’tarish tadbirini qo’llash lozim.
Suv qabul qilgich o’zanini rostlash:
Bunda:
Ko’ndalang kesim yuzasi kengaytiriladi. O’zan begona o’tlardan tozalanadi.
Egri-bugri uchastkalar to’grilanadi.
Dimlanishga sabab bo’lgan inshootlar olib tashlanadi.
Suv qabul qilgich o’zanini rostlash.Tekis yerdagi daryolar egri-bugri o’zanli bo’ladi. Bunda Kegri = 2-3 va bu uning suv o’tqazish qobiliyatiga ta’sir etadi. Daryo o’zani 2 xil usulda to’grilanadi.
agar o’zan oqimi miqdori uncha katta bo’lmasa eski o’zan xolatiga qaramasdan butun uzunlik bo’yicha to’grilanadi.
Agar oqim katta bo’lsa, unda faqat eng katta egriliqlar to’grilanadi.
O’zanning barcha uzunligi bo’ylab bir xil oqim xosil qilish uchun to’grilash ishlari olib boriladi.
Suv qabul qilgich zax qochirish tizimining oxirgi qismi hisoblanib, unga zax suvlar qo’shilgandan so’ng quyi maydonlarni suv bosmasligi, zax suvlarni o’zlashtira olishi kerak. Agar suv qabul qilgich daryo bo’lsa, undagi suvning sifati yaroqsiz bo’lib qolmishigayo’l qo’ymaslik talab qilinadi.
Zah qochiriladigan maydonlardan oqib chiqqan suvni qabul qiluvchi daryo hisoblansa, bu manbaga quyidagi talablar qo’yiladi:
Daryodagi suv sathi, zax qochirish tizimidan yil davomida oqib chiqadigan suvni qabul qilish jarayonida zax qochirish tizimidagi suv sathiga to’sqinlik qilmasligi, ya’ni suv sathi past bo’lishi kerak.
Zah suvlarni o’zlashtira olishi, ya’ni daryo suv sathini ko’tarmagan holda, zax suvlarni qo’shib oqizib ketishini ta’minlashi shart.
Suv qabul qilgichning suv qabul qilish nuqtasi barqaror bo’lishi shart (aks holda, suv qabul qilish manbasi bilan zax qochirish tizimi o’rtasidagi aloqa buzilishi mumkin).
Suv qabul qilgichning yomon ahvolda bo’lishining asosiy sabablari:
Daryo o’zanining o’tlar bilan qoplanishi «n» g’adir-budirlik koeffitsiyentining katta bo’lishi, ya’ni n = 0,7 - 1,0 da « v »-kichik, « h »-katta bo’ladi va undagi suv sathining baland bo’lishi.
Daryo o’zanining notekis va qiyshiqligi.
Daryo ko’ndalang kesim yuzasining, ba’zi joylari kichik bo’lishi xamda uzunligi bo’yicha barqaror emasligi.
Daryo o’zanida sun’iy qurilgan inshootlar (to’g’on, ko’prik, suv ombori va h.k.) talab darajasida emasligi.
Daryo o’zani qismlarining ba’zi sabablarga ko’ra turli rejimlarda ishlashi. Bu ko’rsatilgan kamchiliklar daryo suv oqimini boshqarish natijasida bartaraf etilgandagina daryodan suv qabul qilgich sifatida foydalanish mumkin. Ba’zi xollarda zax suv qabul qilgichlar bo’lib, tabiiy pastliklar, ko’llar xizmat qiladi.
Download 114.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling