Tarmoqlarini loyixalash


Download 114.59 Kb.
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi114.59 Kb.
#1335955
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Suv qabul qilgichlarning turlari va ularga qo’yiladigan talablar

Т Км  100
m2/sut.

Bu yerda K - qatlamlar o’rtacha filtratsiya koeffitsiyenti, m/sut. m-qatlam qalinligi, m


Vertikal drenaj, gorizontal drenajga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega. sizot suvlari satxini istagan chuqurlikka tushirish imkoniyati mavjud.
Vertikal drenajdan olingan suvni qo’shimcha sugorish yoki ichimlik suvi manbai sifatida ishlatish mumkin.
Er ishlari xajmi keskin kamayadi.
Vertikal drenajni yilning istagan paytida va sizot suvlari satxining istalgan chuqurligida qurish mumkin.
Kamchiliqlari:
Mayda zarrali tuproqlarda suv satxining 1 m pasayishiga nisbatan kichik debit bo’lishi.
Ekspluatatsiya xarajatlarining kattaligi. 3)Elektr energiyasini ko’p talab qilishi.
Ekspluatatsiya va remont uchun shtat zarurligi.
Vertikal drenajning vaqti-vaqti bilan ishlashi xisobiga nasos agregatining tez- tez ishdan chiqishi.
Vertikal drenaj chuqurligi 20 .. 30 m lik tik quduqdan iborat bo’lib, uning o’rtacha chuqurligi 50 .. 70 m bo’ladi. (s.t.q ning joylashishiga qarab).

Qazish URB-Z AM yoki boshqa burgulash mashinalarida olib borilib, qazish davomida quduq devorlari quvurlar bilan maxkamlab ketiladi. Loyixadagi chuqurlikkaga qazilgach, suv ko’tarish quvuri, nasos, filtr va tindirgich tushiriladi.
Quduqning yuqori qismiga yer usti qo’yilish inshooti o’rnatiladi. Unda TP, kabelli o’tkazgich va o’lchash priborlari xammasi o’rnatilgach, kompressor yordamida namunaviy sinov ishlatib quriladi. CHuqurlik nasoslarining unumdorligi 50 .. 350 m3/soat bo’lib, quduq debiti suv o’tkazuvchi qatlam Kf, va suvning pasayish chuqurligiga, quduq diametriga va uning konstruktsiyasiga bogliq. Drenajning ta’sir radiusi - R, gruntning geologik tuzilishiga bogliq bo’lib, soz tuproqlarda 800 .. 1000 m, ogir tuproqlarga esa 400..500 m, qumloq tuproqda agar quduq chuqur bo’lsa 3000 m gacha bo’ladi.
Sizot suvlarining statik satxi bilan suv chiqargandan keyingi satxi farqiga pasayish chuqurligi deyiladi. (-S). Quduqdan chiqariladigan suv miqdoriga quduq debiti deyiladi. (Q).
Suv tusar qatlamning quduq tubiga nisbatan joylashishiga qarab tugallangan va tugallanmagan quduqlar bo’ladi.
Vertikal drenajda asosiy o’rinni nasos agregati egallaydi. Vertikal drenaj uchun asosan ETSV turidagi nasoslar ishlatiladi.
Nasosning turi uning tushirish chuqurligiga bogliq. Xozirda ishlayotgan quduqlarning 75 % ining ko’tarish balandligi 25 m, 35 % esa 20 m dan oshmaydi.
Xozirgi kunda ko’tarish balandligi 25 m dan ko’p bo’lgan 8 turdagi nasoslar ishlatiladi:
1.ETSV - 10 - 63 - 65 5.ETSV - 12 - 210 - 25
2.ETSV - 10 - 120 - 60 6.ETSV - 12 - 210 - 55

3.ETSV - 10 - 160 - 35 7.ETSV - 12 - 255 - 30


4.ETSV - 10 - 160 - 65 8.ETSV - 12 - 375 - 30


N(20m lik uchun esa atigi 2 ta nasos mavjud.


ETSV - 12 - 210 - 25, va ETSV - 10 - 160 - 15 .


Nasosni ekspluatatsiya qilishda kerakli markani tanlash muximdir. CHunki yuqori bosimli nasoslar ishlatilganda uning debiti drosselli qulfak orqali rostlanadi. Bu esa elektr energiyasining keraksiz isrof bo’lishiga olib keladi va ko’ngilsiz gidromexaniq xodisalarni keltirib chiqaradi.
SHuning uchun vertikal drenajni ekspluatatsiya qilishda quyidagilarni nazarda tutish lozim:
So’rib chiqarilayotgan suv tarkibidagi mexaniq aralashmalar 0,5 g/l dan oshmasligi.
Xaqiqiy ko’tarish balandligi bilan nasosning ko’tarish balandligi mos kelishi.
Nasosni ishlatgandan keyin sodir bo’ladigan gidravlik zarba, bosimning pulsatsiyalanish kabi xolatlarning sodir bo’lishiga yo’l qo’ymaslik.
Suv minerallashganligi 25 g/l dan oshmasligi, qo’shib o’chirishlar soni kam bo’lishi (odatda yiliga 600 marta).
Filtr - grunt suffoziyasini bartaraf etib, nasosga bir tekis suv kelishini ta’minlaydi.
Ko’rinishi: tirqishli, teshikli, karkas-sterjenli, graviyli va gravitatsion filtrlar. Sim turli filtrlarda to’rning o’lchami t = (2 .. 2,5)D50 bilan aniqlanadi.
Graviyli filtr ishlatilganda esa uning uzunligi bilan aniqlanadi.
Filtr govakligi bilan suv o’tkazuvchi qatlamning govakligi bir xil bo’lsa yaxshi natija beradi.

Download 114.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling