Tarmoqlarini loyixalash


Zaxqochirish tarmoqlarini loyixalash printsplari


Download 114.59 Kb.
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi114.59 Kb.
#1335955
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Suv qabul qilgichlarning turlari va ularga qo’yiladigan talablar

Zaxqochirish tarmoqlarini loyixalash printsplari Zaxqochirish tarmoqlarini loyixalash printsplariga quyidagilar kiradi: 1.Loyixa topshirig’i
2.Texnikaviy loyixa 3.Ish chizmalari 4.Texnik-ish loyixa
5.Loyixa va smetalarni muvofiqlashtirish va tasdiqlash.
Loyixa topshirig’i
Tenikaviy va texnika-ish loyixalarini ishlab chiqish to’g’risidagi topshiriqlar buyurtmachi tomonidan beriladi.Topshiriqlar quyidagilar asosida:ayrim daryo xavzalar yoki xavzalar gruppalaridan, tumanlar va ayrim xududlardan foydalanish va ularni muxofaza qilish bosh sxemasi asosida ishlab chiqiladi.Topshiriqlar yirik va murakkab melioratsiya tizimlari xamda inshootlari yuzasidan, shuningdek,
mazkur melioratsiya tizimlari va inshootni qurish mumkinligi va iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq ekanligini belgilovchi texnika-iqtisodiy dalil va isbotlar asosida beriladi.
Loyixalash tashkilotlari vazirliklar va idoralarning yoki boshqa buyurtmachilarning topshiriiga binoan loyixalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqishda bevosita qatnashadilar.Ushbu topshiriqlar melioratsiya tizimining loyixa bo’yicha qilinadigan ishlar kompleksiga kiradi.
Melioratsiya tizimining loyixa topshirig’i quyidagilarni o’z ichiga olmog’i lozim:melioratsiya tizimlarining nomi; loyixalashtirish uchu nasos bo’ladigan joy, tuman o’rni va maydoni, xalq xo’jaligini manfaatdor tomorqalari tomonidan qo’yiladigan asosiy talablar; qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish yo’nalishlari va asosiy qishloq xo’jalik ekinlarining taxminiy foiz xisobida tarkibi; xar bir mexnatga layoqatli kishiga to’g’ri keladigan ulush; melioratsiya tarmog’ining konstruktsiyasiga nisbatan qo’yiladigan talablar va suv rejimini rostlash usullari; melioratsiya tizimini bundan keyin yanada kengaytirish to’g’risida takliflar; loyixаlаshtirishning bosqichmа-bosqichligi; me’yorlarga muvofiq mo’ljallangan qurilish muddatlari; bosh loyixa tashkilotlarning nomi; qurilish tashkiloti-bosh pudratchi nomi.
Texnik loyixa.

Texnik loyixada quyidagi masalalar xal qilinishi kerak:


Meliorativ tizimning chegaralari aniqlanishi va yer fondidan foydalanish maydoni aniqlanishi: xo’jalikda xududni tashkil qilish; xo’jalik yo’nalishi va qishloq xo’jalik ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil qilish; yer maydonlarini o’zlashtirish, qishloq xo’jalik qurilishi tadbirlari ishlab chiqiladi.
Yuqori FIK li sugorish va zax qochirish tizimlari, ish unumdorligini oshirish, tuproq unumdorligini oshirish; yer osti suvlari satxini zax qochirish normasi atrofida ushlab turish; manfiy suv balansini tarkib toptirish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Birinchi navbatda ishga tushadigan ob’ektlarni aloxida ko’rsatgan xolda qurilish ishlarini tashkil qilish va uning muddatini aniqlash.
Qurilishda va texnik ekspluatatsiya qilishda mexnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlari. (avtomatlashtirish, telemexanizatsiya, dispetcherlik xizmati).
Qurilish narxini aniqlash (SSFR - 1,2).
Qurilishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini (TIK) aniqlash (ishlab chiqarish unumdorligi, maxsulot tannarxi, ishlab chiqarish rentabelligi, mexanizatsiyalash darajasi, avtomatlash darajasi, kapital mablaglar iqtisodiy unumdorligi).
Katta va murakkab inshootlar bir nechta navbat bilan (xar biri 4-5 yildan ortiq bo’lmagan) qurilishi mumkin.
Loyixalash asosan meliorativ tizim bosh rejasini tuzish bilan boshlanadi. Umumiy sxemada butun qurilish majmuasi narxini aniqlash (yiriklashtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha) bo’yicha tadbir ishlab chiqiladi.
Keyingi bosqichlar uchun tuzilgan loyixalar xam yuqoridagi kabi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ishchi chizmalari.
Ishchi chizmalar tasdiqlangan texnikaviy loyixa asosida bajariladi. Buning uchun buyurtmachi loyixaning barcha qismlari bo’yicha kompleks loyixa tuzishni ta’minlaydigan barcha ma’lumotlarni berish lozim. Ishchi chizmada qurilish-montaj ishlarini tashkil qilishda kerak bo’ladigan texnik jarayonlar ko’rsatilgan aniq va detallashgan chizmalar keltiriladi.
Ishchi chizma tarkibiga quyidagilar kiradi:
Titul kogozi va chizmalar ro’yxati.
Aniqlangan genplan.
Individual loyixa asosida bajariladigan GTI va binolar montaj qilish chizmalari.
Zavod usulida tayyorlangan konstruktsiyalarning montaj qilish chizmalari
Namunaviy bo’lmagan temir-beton konstruktsiyalarining umumiy ko’rinishi va detallashtirilgan chizmalari.
Elektr bilan ta’minlash, avtomatlashtirish, radiolash-tirish, telefonlashtirish va boshqa uskunalar chizma-lari.
Xo’jalik ichki sugorish va zax qochirish tizimlari rejasi.
Bino va inshootlarni geodezik nuqtaga boglash jadvali. 9)Kanal va kollektorlarning ko’ndalang va bo’ylama profillari. 10)Kanal va kollektorlarning namunaviy ko’ndalang kesimlari. 11)Inshootlarning rejada joylashishi, geologik kesimlar.
12)Qurilish yer tekislash rejasi va yer ishlari xajmi, ob’ektlar ko’rsatilgan jadval. 13)Mexnatni muxofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bilan boglangan asbob-
uskunalar chizmalari.
14)Ayrim ob’ektlar uchun loyixalar pasportlari.
Ishchi-texnik loyixa.
Ishchi- texnik loyixa uncha katta va murakkab bo’lmagan ob’ektlar uchun tuziladi. Bunda Tqur ( 2 yil.
Ishchi - texnik loyixa tarkibiga quyidagilar kiradi.
Qisqacha tushuntirish (meliorativ maydonning kanal, kollektorlar va drenaj tizimlariga qisqacha tavsif va berilgan baxo) bayoni.
O’zlashtirishgacha bo’lgan yer fondi ta’rifi.
Er o’zlashtirish va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni tashkil qilish tadbirlarini izoxlash.
Yillik ekspluatatsiya xarajatlarini xisobga olgan xolda butun tizimni ekspluatatsiya qilish to’grisida takliflar.
Gidrogeologik, gidravlik va boshqa xisoblar natijalari. 6)Inshootlar jadvali.
7)Qurilish, montaj, yer ishlari xajmlari. 8)Qurilish bosqichlari va muddatlari.
9)Kerakli qurilish materiallari va mexanizmlar jadvali. 10)Yigma smeta.
Grafik materiallar.
Jixozlar va buyurtma materiallari uchun buyurtma qaydnomalari. 13)Loyixa va smetalarni tasdiqlash.
Zovurlar ishlatishining asosiy shratlari va xisobiy suv sarflari
Markaziy Osiyo respublikalarida tik zovurlvr 600 ming ga. yerga qurilgan bo’lib, 6 mingdan ko’proq quduqdan foydalaniladi. Suv bilan ta’minlash bilan birga esa 18 ming donadir.
Tik zovurlarning ishlatishning asosiy shartlari quyidagilar:

Suv nasos orqali chiqarilganligi sababli suv o’tkazuvchi gorizontni xosil qiluvchi barcha qatlamlar orasida gidravlik bogliqlik bo’lishi.


Pastki qatlam qalin va yaxshi suv o’tkazuvchan bo’lishi kerak




Download 114.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling