qochib turib, uni ilib olish mumkin. Bunday vaqtda to ‘p
tekkan
hisoblanmaydi. 3. To'p to'ppa-to'g'ni borib tegsa, hisoblanadi.
Yerdan yoki boshqa o'yinchidan sakrab borib tegsa, hisoblanmaydi.
Metodik к о ‘rsatmalar.
O'yinda butun voleybol o'yinni
usullarini
yoki to'p uzatish usullarini, masalan, ko'krakdan ikki qo'llab,
pastdan ikki qo'llab uzatishni qo'llash mumkin. O'yinga
boshqa
qoidalarni kiritish mumkin emas.
5.3. Basketbol
5.3.1. Har kim o ‘z bayroqchasiga
Oyinning tavsifi.
O'ynovchilar 3-4 guruhga bo'linadi. Har bir gu
ruh aylana hosil qilib tiziladi. Har qaysi
aylana markazida bittadan
o'yinchi qo'lini yuqoriga ko'tarib bayroqcha ushlab turadi. Rahbar
ning birinchi signal ishorasi (qarsak chalishi) bilan bayroqcha ushlagan
o'yinchilardan boshqa hamma bolalar maydoncha bo'ylab
tarqala
boshlaydilar. Ikkinchi ishora bilan har tarafga qochgan o'yinchilar
yugurishdan to'xtab, cho'qqayib o'tiradilar va ko'zlarini berkitadilar.
Bayroqcha ushlagan o'ynovchilar esa rahbarning ko'rsatmasi bilan
boshqa joyga o'tadilar, ya’ni joylarini almashtiradilar. Rahbar “Ham
ma o'z bayroqchasiga!” — deydi va o'yinchilar ko'zlarini ochadilar va
birinchi bo'lib aylanaga saflanish uchun o'z
bayroqchalari tomon
yuguradilar. Bu ishni oxirida bajargan guruh yutqazadi.
Oyinning qoidalari.
1. O'yinchi bayroqchani bir qo'lidan ikkin-
chisiga olishi mumkin. 2. Ko'zni batamom berkitish lozim. 3. O'quv
chilar bir-biri bilan qo'l ushlashib tekis
va tinch tursagina aylanaga
tizilgan hisoblanadilar.
O'yinning o'ziga xos harakatlari qisqa-qisqa yugurishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: