O'yinning qoidalari.
1. To'pni ikki qo‘l bilan yuqoridan uzatish
shart. 2. Pastdan uzatish man qilinadi. 3. To‘pni tushirib yuborgan
joydan o ‘sha o‘yinchining o'zi uzatishi kerak.
O'yinning variantlari.
1. To'p uzatgan o'yinchi, o'ng tomondan
yugurib borib qarama-qarshi qatoming oxiriga borib turadi. 2.
O'yinda har bir ishtirokchi ikki martadan yugurib o'tadi va o'yin
hamma o'yinchilar oldingi joylariga qaytib kelgunlaricha davom
etadi.
5.2.14. To'rtburchakdan to'p otish
О ‘yinga tayyorlanish.
Maydonchada o'lchamlari 8x4 metrdan
20x10 metrgacha to'g'ri to'rtburchak chiziladi. Tomonlarining
nisbati 2:1 teng bo'lishi shart. Maydonchaning o'rtasidan bo'linib,
ikkita kvadrat hosil qilinadi. O'yin voleybol maydonchasida o'tka-
zilsa, yana ham yaxshi. O'ynovchilar teng ikki jamoaga bo'linadilar.
Har bir jamoa o'z onaboshisini saylaydi, so'ng chek tashlab kim
birinchi bo'lib o'yinni boshlashi aniqlanadi.
Jamoalarning o'yinchilari o'zlarining kvadratlarida erkin joyla-
shadilar, onaboshilar esa kvadrat tashqarisida turadilar. O'yinni
boshlaydigan onaboshiga to'p beriladi.
O'yinning tavsifi.
O'qituvchining signalidan keyin onaboshi o'z
jamoasidagi o'yinchilarga to'pni otadi, ular to'pni ilib olib, raqib
tomondagi o'yinchilardan birortasiga tegizishga harakat qiladilar.
Buning uchun to'pni ilib olgach, bir necha marta bir-birlariga yoki
onaboshiga uzatib, to'satdan, raqib o'yinchilarga qarab otadilar.
Ikkinchi jamoaning o'yinchilari esa to'pga chap berib, uni yerga
tushmasidan ilib, to'pni bir-birlariga yoki onaboshiga oshirib, raqib
jamoasining o'yinchilariga otishga intiladilar.
To'p tekkan o'yinchi o'z kvadratidan chiqib, raqiblar tomondagi
kvadratning bir chetida turadi. Agar bir tomondagi kvadratda birorta
ham o'yinchi qolmasa, kvadrat ichiga onaboshining o'zi tushishi
shart. U ham to'p bilan urilsa, o'yinning birinchi qismi tamom
bo'ladi. Jamoalar o'rin almashib, o'yinni davom ettiradilar. O'yin
voleybol singari 2-3 yoki 3-5 partiyadan iborat bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |