Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

5.3.5. To ‘xtatib urish
Oyinning tavsifi.
O'ynovchilar aylana bo'lib saflanib, voleybol 
to'pini doirada yurgan onaboshining ushlashiga yo'l qo'ymay, turli
123


yo'nalishda bir-birlariga uzatib turadilar. Onaboshi to'pni urib, 
yerga tushirishga harakat qiladi. To‘p yerga tushishi bilan 
o'yinchilammg hammasi har tomonga qochadi, onaboshi to'pni 
yerdan olib “To'xta!” — deydi. Shu so'z aytilgach hech kim joyidan 
qimirlamasligi kerak.
Onaboshi to'pni o'zi istagan o'yinchiga otadi. To'p kimga tegsa, 
o'sha onaboshi bo'ladi va o'yin takrorlanadi, agar to'p hech kimga 
tegmagan bo'lsa, onaboshining o'zi yana onaboshi bo'ladi. Bir 
marta ham onaboshi bo'lmagan (yoki boshqalarga qaraganda 
kamroq onaboshi bo'lgan) o'yinchilar g'olib chiqqan hisoblanadi.
O'yinning natijalarixiji aniqlashda birinchi onaboshining roli 
hisobga olinmaydi.
Oyinning qoidalari.
1. To'p yerga tushishi bilan qochgan 
o'yinchilar joylaridan qo'zg'almay, to'pga chap berishlari mumkin.
2. To'p uchib kelib tegsagina hisobga olinadi.
Eslatma.
Bu o'yin o'tkaziladigan maydonchani chegaralab; 
qo'ymasa ham bo'laveradi. Onaboshilar yaqinda tuigan o'yin- 
chilarga to'pni qattiq zarb bilan otmasligini oldindan tayinlab 

qo'yish lozim.
O'yinning o'ziga xos harakatlari: voleybol to'pini irg'itish va ilib 
olish, to'pni nishonga va eng uzoqqa (onaboshilar uchun) otishdan
qisqa-qisqa tez yugurish va gavdaning holatini tez-tez o'zgartirish- 
dan iboratdir.
5.3.6. Basketbolchilar musobaqasi
О yinga tayyorlanish.
O'yin maydonchada yoki gimnastika 
zalida o'tkaziladi, uni o'tkazishda ikkita basketbol yoki voleybol 
to'pidan foydalaniladi. O'ynovchilar ikki komandaga bo'linib, bir- 
biridan 3 metr oraliqda parallel qatorlarga saflanadilar. Qatorlar 
boshida turgan o'yinchilarning oyoq uchlaridan start chizig'i 
o'tkaziladi. Qatorlar oldidan taxminan 18-20 metr nariga savat 
o'rnatilgan basketbol taxtasi yoki biron narsaga birkitilgan halqa 
qo'yiladi. Savat bilan start chizig'i o'rtasiga (har bir qator oldiga) 2- 
3 ta g'o'lacha qo'yilgan bo'ladi. Qatorlar oldida turgan o'yinchilarga 
bittadan to'p beriladi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling