5.4.1. Chillak
O'yin o'tloq joyda yoki sport maydonchasida o'tkaziladi. O'yin
uchun uzunligi 8-100
sm,
diametri 2-2,5
sm,
bir uchi yassilangan
tayoq (dasta) va uzunligi 20
sm
tayoqcha — chillak kerak bo'ladi.
O'yinda 2 tadan 10 tagacha o'quvchi qatnashishi mumkin.
O'yinni yakkama-yakka o'ynasa ham, guruhlarga bo'linib o'ynasa
ham bo'ladi.
Oyinning tavsifi.
Oldingi chiziqdan 2
m
nariga dasta qo'yiladi.
O'yinlar chillakni yerda yotgan ana shu dastaning ustiga irg'itadilar.
Chillakni birinchi bo'lib dastiga tegizgan o'yinchi o'yinni boshlash
huquqiga ega bo'ladi. Buning uchun o'yinchi chillakni dastaning
uchiga qo'yib turib yengilgina ko'tarib tashlashi va chillak qayta
tushib, dastaga tegishi va yana sapchib ko'tarilib, qaytib dasta ustiga
tushishi kerak.
O'yinchi shu tartibda necha ochko to'plasa, u shuncha marta
dasta bilan chillakni urib, uni to'g'riga otadi. Agar har bir otganda
chillak 20-30 metr nariga borib tushsa, 3-4 ochko bo'yicha
otilganda 90-100 metr masofaga yetkazilishi mumkin.
Yutqazgan o'yinchi yoki raqib guruh o'yinchisi ana shu
masofaning hammasini yugurib o'tishi kerak. Bunda u nafas olmay
yugurishi lozim. Chopib ketayotganida nafas olsa, o'sha joyda yana
dasta bilan chillakni sakratib urib qaytadan chopib o'tiladigan
masofa belgilanadi.
Oyinning qoidalari.
1. Dasta bilan chillakni silkitib tashlaganda
chillak dastaga 3 martadan kam tegmasligi kerak. 2. Chillak yerda
yotgan dastaga tashlanayotganda ishtirokchilar o'yinni boshlash
chizig'ini bosib turmasligi kerak. 3. O'yinchi belgilangan masofani
chopib o'tishdan bosh tortsa, u ashula aytib yoki o'ynab berishi,
sh’er o'qishi ham mumkin.
Metodik к о ‘rsatmalar.
Nafas olish borasida tushunmovchilik
chiqmasligi uchun yugurayotgan o'yinchi qo'ng'izning “zuvlashiga”
o'xshash ovoz chiqarib borishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |