Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

O'yinga tayyorlanish.
O'yinchilar bab-baravar ikki jamoaga 
bo'linadilar. Jamoalar bir-biriga yuzma-yuz turib ikki qatorga 
saflanadilar. Qatorlarda birinchi bo'lib turgan o'yinchilarning 
qo'llarida bittadan to'p bo'ladi.
O'yinning tavsifi.
Qatorda birinchi bo'lib turgan o'yinchilar 
rahbaming “Diqqat, marsh!” deb signal berishi bilan to'plarni o'z 
qo'shnilariga va ular ham, o'z navbatida, to'pni o'zidan keyingi 
o'yinchilarga uzatadilar. To'plar shu tariqa qator oxirigacha uzatib 
boriladi. Qator oxirida turgan o'yinchilar to'pni olishlari bilan qator 
oldiga qarab yuguradilar va qator oldiga turib olib, to'pni o'z 
qo'shnilariga uzata boshlaydilar va hokazo. To'p poygasini 
boshlagan o'yin-chilar qatorning oxiriga kelib qolganlaridan so'ng 
to'pni olishlari bilan qator oldiga qarab yuguradilar va o'z 
jamoalarining oldiga turib olib, to'p ushlagan qo'llarini yuqoriga 
ko'taradilar. To'p poygasini oldin tugatgan, ya’ni o'yinchilarning 
hammasi poygani boshlovchi rolini bajargan va poyga boshlanishida 
birinchi bo'lib turgan o'yinchisi o'z joyiga oldin kelib ulguigan 
jamoa g'alaba qozonadi.
Oyinning qoidalari.
1. To'p faqat o'z qo'shnisiga uzatiladi. Uni 
bir necha o'yinchidan oshirib uzatishga ruxsat etilmaydi. Bu qoidani 
buzgan jamoaga jarima ochkosi beriladi. 2. Agar o'yinchilardan 
birontasi to'pni tushirib yuborsa, uni o'sha o'yinchining o'zi borib 
olishi va o'z joyiga qaytib kelib, to'p uzatishni davom ettirishi kerak.
3. Har gal oxirgi o'yinchi qatorning old tomoniga yugurib o'tib, 
birinchi bo'lib turib olganidan keyin jamoaning hamma o'yinchilari 
yarim qadam orqaga suriladilar. 4. O'yinni boshqa jamoaga 
qaraganda oldin tugatgan va jarima ochkosi olmagan jamoa yutadi.
131


5.4. Tennis

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling