Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

O'yinga tayyorlanish.
Zalning yoki maydonchaning qarama- 
qarshi burchaklariga uchburchak va 1-1,5 metr kenglikda yo'llar 
chiziladi. O'yinda ikkita jamoa qatnashadi, ularda albatta bir-biridan 
ajratiladigan belgi bo'lishi shart. Har bir onaboshi bittadan to'p 
ushlovchi va ikkitadan himoyachilami tayinlaydi. To'p ushlovchilar 
raqib himoyachilarining oldida yo'lak ichida yoki zonada turadilar. 
Qolgan o'ynovchilar esa ikkitadan bo'lib butun maydon bo'ylab 
tarqaladilar.
O'yinning tavsifi.
O'yin basketbolga o'xshab maydon markazidan 
boshlanadi. O'qituvchi to'pni ikki jamoaning ikkita o'yinchisi 
o'rtasiga yuqoriga otib o'yinga kiritadi O'yinchilar yuqoriga sakrab 
to'pni o'z jamoasidagi o'yinchilarga oshirishga harakat qiladilar.
O'yinchilar to'pni bir-birlariga 
oshirib, 
o'zlarining to'p 
ushlovchilariga 
yaqinlashib 
borib, 
to'pni 
ularga 
uzatadilar. 
Himoyachilar o'z navbatida bularga qarshilik ko'rsatib, to'pni 
ushlab olib, o'zining o'yinchilariga uzatadilar. Har bir to'p 
ushlovchilar ushlagan to'pi uchun jamoaga bir ochko beriladi. Har 
bir olingan ochkodan keyin, yutqazgan jamoa himoyachilari to'pni 
otib o'yinga kiritadilar.
5.3.14. To'p ushlovchiga
130


Ma’lum bir vaqt ichida, ya’ni 8-10 daqiqa davomida ko'p 
ochko to'plagan jamoa yutgan hisoblanadi.
Oyinning qoidalari.
O'yinda basketbol o'yini qoidalarini 
qo'llash mumkin. To'pni ushlovchilar va himoyachilar to'pni ilib 
olgandan so'ng zonadagi chiziqni bosishi man etiladi.
5.3.15. Qatorlar bo ‘ylab to ‘plarpoygasi
O'yin maydonchada, zalda yoki koridorda o'tkaziladi. Uni 
o'tkazish uchun basketbol yoki voleybol to'plari (jamoalar soniga 
qarab) kerak bo'ladi. Bunda to'ldirma to'plar, bayroqchalar yoki 
tayoqchalardan foydalanish ham mumkin.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling