Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

O'yinning qoidalari.
1. To'pni irg'itib uzatish, ilib olish yoki 
qo'lda bir oz bo'lsa ham ushlab olish, yerga tushirish mumkin emas.
2. Bir o'yinchining o'zi to'pni bir yo'la ikki yoki undan ko'proq 
marta urishi ham mumkin emas. Bu qoidalarni buzgan jamoaga 
jarima ochkolari beriladi. 3. Qaysi jamoa o'yinchilari to'pni 
davradan chiqarib yuborsa, uni o'sha jamoa o'yinchilarining o'zi 
iloji boricha tez olib kelib o'yinga tushirishlari lozim. To'pni davra 
chegarasidan chiqarib yuborgan jamoaga jarima ochkosi beriladi. 4. 
0 ‘yin vaqtida turgan joydan siljish, pastga engashish, balandroqdan 
uchib o'tayotgan to'pni urib qaytarish uchun sakrash yoki pastdan 
kelayotgan to'pni urib yuborish uchun oldinga odim tashlash 
mumkin.
Metodik к о ‘rsatmalar.
O'yinda to'pning to'g'ri uzatilishiga
harakatlarning o'zaro mosligiga e’tibor berish kerak. O'yinning 
qoidalari yaxshi o'zlashtirilgandan keyin o'yinni birmuncha 
murakkablashtirish mumkin. Masalan, to'pni faqat barmoqlar bilan 
uzatish va o'rtacha balandlikdan uzatish mumkin.
5.2.4. To'pni qaytarish
O'yinga tayyorlanish.
O'ynovchilar 1-2 metr oraliqda aylana hosil 
qilib turadilar. O'yinchilardan biri onaboshi qilib tayinlanadi va u 
doiraning o'rtasida turadi. O'yin uchun voleybol to'pi bo'lishi kerak.
O'yinning tavsifi.
Onaboshi to'pni urib, aylana bo'ylab turgan 
o'yinchilarga navbatma-navbat uzatadi. O'yinchilar esa to'pni unga
109


urib qaytarib turadilar. Onaboshi markazdan mumkin qadar uzoqroq 
turishga harakat qilishi lozim. Agar onaboshi xatolikka yo'l qo‘ysa, 
uning o'rniga boshqa o'yinchi o'tadi.
O'yinning qoidalari.
1. Davra olib turgan o'yinchilar to'pni urib 
qaytarish uchun istalgan tomonga bir qadam tashlashlari mumkin. 2. 
Agar onaboshi to'pni safda turgan o'yinchi urib qaytara olmaydigan 
qilib uzatsa, xato qilgan hisoblanadi. 
,

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling