Sport ishlari vazirligi
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyinning qoidalari.
O yinga tayyorlanish.
O'ynovchilar 2-3 jamoaga bo'linadilar va; har bir jamoa ham, o'z navbatida, yana teng ikki guruhga bo'linadi. Guruhlar oralig'i xuddi yugurish estafetasidagi singari 15-20 metr, bo'ladi va ular bir-birlariga qarab turadilar. O'yinning shartlari ham yugurish estafetasidagi kabidir. Jamoalarning guruhlari orasiga. to'siqlar qo'yiladi va o'yinchilar shu to'siqlardan sakrab yugurib o'tadi, To'siqlar quyidagicha bo'lishi lozim: 1) yerga orasi 1-1,2 metr qilib chizilgan ikkita ko'ndalang chiziq; 2) gimnastika skameykasi (skameykani qo'l bilan ushlab, undan sakrab o'tiladi); 3), arqoncha (ikki o'quvchi arqonni pastroq ushlab turadi, o'ynovchilar undan sakrab o'tadilar; 4) osma to'p (o'ynovchilar yuguribj ketayotganlarida unga turtinib o'tishlari kerak) va hokazo. Bu o'yinda to'siqlardan o'tib yuguriladi. Oldin yugurib bo'lgan va, to'siqdan o'tishda xato qilmagan yoki kamroq xatoga yo'l qo'ygan. jamoa yutgan hisoblanadi. Oyinning qoidalari. 1. Har bir o'yinchi hamma to'siqlardan o'tishi lozim. 2. Agar u to'siqqa qoqilsa yoki undan noto'g'ri oshsa, orqaga qaytishi va to'siq-dan qaytadan o'tishi shart. Xatoga yo'l qo'ygan o'yinchi to'siqdan to'g'ri o'tgandan keyingina navbatdagi,; o'yinchini chaqirish uchun yugurishda davom etadi. ’ t j 5.2.7. To‘pniboshdan oshirib uzatish O'yinga tayyorlanish. O'yinchilar ikki guruhga bo'linadilar va- oralaridan 2-3 qadam joy qoldirib ikki qatorga saflanadilar. Qatorlarj boshida turgan o'ynovchilarda voleybol yoki basketbol to'pi bo'ladi. 112 Oyinning tavsifi. O'qituvchi “Tayyorlan!”, “Diqqat!”, “Marsh!” ko'rsatmalarini bergandan keyin qatorlar boshidagi ishtirokchilar to'pni boshlaridan oshirib orqalarida turgan navbatdagi o'ynovchiga uzatadilar. To'p qator oxirida turgan o'ynovchiga yetib borguncha uzatiladi. Qator oxirida turgan o'yinchi to'pni olishi bilan o'ng (omondan qatoming oldiga yuguradi va birinchi bo'lib turib to'pni boshidan oshirib orqasida turgan o'ynovchiga uzatadi. O'yin hamma ishtirokchilar to'pni olib, oshirib bo'lgunicha davom ettiriladi. Uni boshlab bergan o'yinchi qator oxirida qolib, to'pni olganidan keyin qator oldiga yugurib keladi va to'pni yuqoriga ko'taradi. O'yinni oldin tamomlagan jamoa yutgan hisoblanadi. Download 7.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling