Sport ishlari vazirligi
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyinning qoidalari.
5.3.2. B o ‘rizovur ichida
Oyinning tavsifi. Maydonchaning o'rtasida ko'ndalangiga 1,5-2 qadam oraliqda parallel chiziqlar o'tkaziladi. Bu shartli ravishda zovur bo'ladi. Zovurning ikki yonidan 10-15 m nariga uy chegarasini bildiradigan yana ikkita parallel chiziq o'tkaziladi. Onaboshi qilib tayinlangan o'yinchi, ya’ni bo'ri zovurda turadi. Qolgan o'yinchilari, ya’ni echkilar yon chiziqlardan birining orqasidagi “uy”ga joylashadilar. O'qituvchining ishorasi bilan echkilar oldinga yuguradilar, yo'l- da zovur ustidan sakrab o'tib, maydonchaning qarshi tomonidagi chiziq orqasiga borib turadilar. Bo‘ri zovurdan chiqmasdan, sakrab o‘tayotgan echkilarni ushlashga (ularga qo‘l tegizishga) harakat qi ladi. Bo‘rining qo‘li tekkan o'yinchi tutilgan joyda to'xtab qoladi. Zovurdan omon-eson sakrab o‘tgan echkilar qarama-qarshi tomon dagi chiziqqa qarab yuguradilar. Rahbar ushlangan o'yinchichlami aniqlab oladi va ularga o'yinda yana qatnashishga ruxsat beradi. Echkilar zovurdan uch marta sakrab o'tganlaridan keyin yangi bo'ri tayinlanadi. Echkilar zovurdan uch marta sakrab o'tishida ularning ko'p- rog'ini tuta olgan bo'ri hamda biron marta ham qo'lga tushmagan yoki boshqa o'yinchilarga qaraganda kamroq tutilgan echkilar yutgan hisoblanadi. Oyinning qoidalari. 1. O'yinchi sakrayotib zovuming ikkinchi tomonini bir oyog'i bilan bosgan bo'Isa ham onaboshi unga qo'l te- gizmasligi kerak. 2. Orqada qolgan o'yinchi rahbaming shosh- masdan “bir, ikki, uch” deyishidan kechikmay zovurdan sakrab o'tishi kerak, aks holda, tutilgan hisoblanadi. 3. Zovurdan sakrab o'tmagan o'yinchi ham yutqazgan bo'ladi. Eslatma. O'yinchichlar soni ko'p bo'Isa (yoki bolalar o'yin bilan birinchi marta tanishtirilayotganda), ularning hammasini baravar emas, balki ikki yoki uch guruhga bo'lib navbati bilan yugurtirish mumkin. O'yinning ikkinchi varianti asosan quyidagicha o'tkaziladi. Yugurib o'tuvchilar tomonida, zovurdan 4-5 qadam narida rahbar tayinlangan o'yinchilar yerdan 50-60 sm baland qilib (o'yinchi- laming tayyoigarligiga qarab) arqonchani tortib turadilar. Echkilar yugurib kelib arqonchadan sakrab o'tadilar, keyin, zovurdan hatlaydilar. Arqonchani tortib turuvchi bolalar har safar yugurib o'tib bo'lgach, navbatdagi yugurib o'tish boshlanadigan tomonga o'tib turadilar. O'yinning o'ziga xos harakatlari chap berib va uzunlikka sakrab qisqa-qisqa yugurishlardan iboratdir. Download 7.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling