Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

O'yinning qoidalari.
1. O'yinchilar chiziqni bosishlari mumkin 
emas. Agar u to'pni otish paytida chiziqni bossa, tekkan hisob- 
lanmaydi. To'pdan qochayotgan paytda yoki aldamchi harakat 
qilishda chiziqdan o'tilsa, to'p tekkan hisoblanadi. 2. To'pdan
119


qochib turib, uni ilib olish mumkin. Bunday vaqtda to ‘p tekkan 
hisoblanmaydi. 3. To'p to'ppa-to'g'ni borib tegsa, hisoblanadi. 
Yerdan yoki boshqa o'yinchidan sakrab borib tegsa, hisoblanmaydi.
Metodik к о ‘rsatmalar.
O'yinda butun voleybol o'yinni usullarini 
yoki to'p uzatish usullarini, masalan, ko'krakdan ikki qo'llab, 
pastdan ikki qo'llab uzatishni qo'llash mumkin. O'yinga boshqa 
qoidalarni kiritish mumkin emas.
5.3. Basketbol
5.3.1. Har kim o ‘z bayroqchasiga
Oyinning tavsifi.
O'ynovchilar 3-4 guruhga bo'linadi. Har bir gu­
ruh aylana hosil qilib tiziladi. Har qaysi aylana markazida bittadan 
o'yinchi qo'lini yuqoriga ko'tarib bayroqcha ushlab turadi. Rahbar­
ning birinchi signal ishorasi (qarsak chalishi) bilan bayroqcha ushlagan 
o'yinchilardan boshqa hamma bolalar maydoncha bo'ylab tarqala 
boshlaydilar. Ikkinchi ishora bilan har tarafga qochgan o'yinchilar 
yugurishdan to'xtab, cho'qqayib o'tiradilar va ko'zlarini berkitadilar. 
Bayroqcha ushlagan o'ynovchilar esa rahbarning ko'rsatmasi bilan 
boshqa joyga o'tadilar, ya’ni joylarini almashtiradilar. Rahbar “Ham­
ma o'z bayroqchasiga!” — deydi va o'yinchilar ko'zlarini ochadilar va 
birinchi bo'lib aylanaga saflanish uchun o'z bayroqchalari tomon 
yuguradilar. Bu ishni oxirida bajargan guruh yutqazadi.
Oyinning qoidalari.
1. O'yinchi bayroqchani bir qo'lidan ikkin- 
chisiga olishi mumkin. 2. Ko'zni batamom berkitish lozim. 3. O'quv­
chilar bir-biri bilan qo'l ushlashib tekis va tinch tursagina aylanaga 
tizilgan hisoblanadilar.
O'yinning o'ziga xos harakatlari qisqa-qisqa yugurishdir.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling