Metodik k o ‘rsatma.
Hamma o ‘ynovchilar o'yin qoidalariga
qat’iy rioya qilsalar, o'yin juda qiziqarli o'tadi.
Bu o'yin o ‘rta maktab yoshidagi o'quvchilar
uchun tavsiya
etiladi.
5.6.6. Ushlasang-minasan
Oyinning tavsifi.
0 ‘ynovchilar qo‘l ushlashib aylana hosil qilib
turadilar. O'rtaga ikki o'yinchi
chiqarilib, ularning ko‘zlari
ro'molcha bilan bog‘lanadi va biriga ikkita kichkina tosh yoki po‘lat
soqqa beriladi. 0 ‘yin rahbaming signali bilan qo'lida hech narsasi
yo‘q o'yinchi ikkinchi o'yinchining ismini aytib chaqiradi. U javob
o‘rniga toshlarni (soqqalami) bir-biriga urib taqillatadi.
Chaqirgan
o'yinchi toshlar ovozi kelayotgan tomonga yurib, raqibni tutib
olishga harakat qiladi.
Agar tutib olsa, unga minib olib davrani
aylanib chiqadi. Shundan keyin aylana o'rtasidagi o'yinchilar o'z
rollarini almashtiradilar va o ‘yin davom ettiriladi. Ikkinchi o'yinchi
ham qo'lga tushgandan keyin davraga о ‘yin rahbari tayinlagan
navbatdagi bir juft o ‘yinchi chiqadi.
Oyinning qoidasi.
0 ‘ynovchilar ko‘zlari bog‘langan o'yinchi-
laming aylanadan chiqib ketishlariga yo'l qo'ymaydilar.
M etodik k o ‘rsatmalar.
0 ‘yinni o ‘rta
va katta maktab yoshidagi
o'quvchi bolalar bilan o ‘tkazish tavsiya qilinadi.
Bu o'yinning “Ko‘z bog‘lash” o ‘yinidan farqi — ushlangan
o'yinchi o‘z raqibini orqasiga opichib davra ichida aylantirishdir.
O'yinni sport zalida ham,
har xil maydoncha, o'tloq va boshqa
joylarda ham o'tkazish mumkin. 0 ‘quvchilar zerikkan zahoti o'yinni
to'xtatish kerak.
5.6.7. Uzoqqa otish
Do'stlaringiz bilan baham: