Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/198
Sana20.07.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1661247
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

О ‘yinning qoidalari.
1. Birinchi jamoaning hamma o'yinchilari o'z koptoklarini 
o'tloqqa yashirib bo'lgunicha ikkinchi jamoa o'yinchilari o'tloq 
tomonga burilib qarashlari mumkin emas. 0 ‘yin rahbari signal 
berganidan keyingina qaray oladilar.
2. Koptokni chegarasi oldindan belgilangan joygagina yashirish 
mumkin.
3. Koptokni cho'ntakka va kiyimning boshqa joylariga 
yashirishga ruxsat etilmaydi.
Metodik ко ‘rsatmalar.
Bu o'yinni o'rta va katta maktab yoshida- 
gi o'quvchilar bilan adirlik joylarda, bolalar dam olish oromgoh- 
larida, maktab hududining o‘tloq joylarida o'tkazish mumkin.
O'yin vaqtida sho'xlik va qo'pollik qilishga aslo yo'l qo'ymaslik 
kerak. Jamoalar to'plagan ochkolar soniga qarab g‘oliblami aniqlash 
mumkin.
Bu o'yinda ziyraklik, kuzatuvchanlik, kuchlilik, chaqqonlik va 
jamoachilik singari muhim xislatlar tarbiyalanadi.
5.6.4. Tortishmachoq
O'yinni sport maydonchasida, zalda yoki o'tloq joyda o'tkazish 
mumkin.
О 
yinning tavsifi.
Yerga kattaligi 6x10 metrli to ‘g‘ri to‘rtburchak 
chiziladi. O'ynovchilar ikki jamoaga bo'linadilar. Ulardan birining 
o'yinchilari — “qurbaqalar” shaharda, ya’ni to'rtburchak ichida, 
ikkinchi jamoa o'yinchilari to'rtburchak tashqarisida turadilar. 
Hamma o'yinchilar cho'qqayib o‘tiradilar. O'yin rahbari signal 
berishi bilan ichkaridagi qurbaqalar cho'qqayib o'tirgan holdn 
qo‘llari bilan quloqlarini ushlab “vaq-vaq-vaq” deb qichqirib, qarshi
147


jamoa tomoniga sakrab-sakrab yurib ketadilar. Ular qarshi jamoa 
o'yinchilariga yaqinlashgach, ikki jamoa o'yinchilari o'rtasida bir- 
birini o'z tomoniga tortib o'tkazish uchun kurash boshlanadi. O'yin 
u yoki bu tomonga, ya’ni shahar ichiga yoki tashqarisiga tortib 
o'tkazilgan o'yinchilar soniga qarab yakunlanadi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling