Sport ishlari vazirligi
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyinning tavsifi.
- О yinning qoidalari.
Bayroqcha uchun kurash
О yinga tayyorlanish. Bu o'yin uzunligi 40-60 va eni 20-30 metr maydonchada o'tkaziladi. O'ynovchilar teng ikki jamoaga bo'linadilar. Maydoncha ko'ndalang chiziq bilan baravar ikki qismga bo'linadi. Maydonchaning ikkala qismiga (maydoncha chetidan 2 metr ichkarilikka) “uya”lar chiziladi. Har bir jamoa o ‘z uyasining chizig'i orqasiga maydonchaning eni bo'ylab 10 tadan bayroqcha o'matadi (bayroqchalar bir tekisda o'rnatilishi kerak). Jamoalar o'z maydonlarida o'zlari istagan tartibda joylashadilar. 143 Oyinning tavsifi. O'qituvchi yoki o‘quvchilar orasidan tayinlangan hakam signal berishi bilan har qaysi jamoa ikkinchi jamoaning mumkin qadar ko‘proq bayroqchalarini o‘z tomoniga olib qochishga kirishadi. Lekin bu ishni bajarish oson emas. Chunki har bir jamoa o‘yinchilari bayroqchani olib qochmoqchi bo'lib o‘z tomonlariga o'ttan qarshi jamoa o'yinchilarini ushlab olishlari mumkin. 0 ‘yin 15 daqiqa davom etadi. Bordi-yu, bir jamoa o'yinchilari ikkinchi jamoaning hamma bayroqchalarini belgilangan vaqt tamom bo'lmay o‘z tomoniga olib o‘tsa, o‘yin oldinroq tugashij ham mumkin. ( Qarshi jamoa bayroqchalarining ko'pini o ‘z tomoniga olib o ‘tgan yoki belgilangan vaqt tamom bo'lmasdan qarshi jamoaning qo‘lga tushirilgan o ‘yinchilaridan o‘z bayroqchalarini qaytarib olishga ulgurgan jamoa o'yinda yutgan hisoblanadi. О yinning qoidalari. 1. Bir jamoa o'yinchisi ikkinchi jamoaning o‘yinchisiga qo‘l tegizsa, o‘sha o'yinchi ushlangan, qo‘lga tushgan hisoblanadi. 2. Qo‘lga tushgan o ‘yinchi o ‘sha joyda qimirlamay turadi, uni o ‘z jamoasjning o'yinchilaridan biri qutqarib olishi mumkin. 0 ‘z sherigini qutqarish uchun unga qo‘l tegizish kifoya. 3. Har bir o‘yinchi faqat bitta bayroqchani olib qochishi mumkin. 4. Bayroqchani olib qochayotgan o'yinchi qo‘lga tushib qolish xavfi tug‘ilib qolsa, bayroqchani o ‘z sheriklaridan biriga uzatib yuborishi mumkin. 5. Agar bayroqchani oUb qochayotgan o'yinchi qo'lga tushsa, uni qo‘lga tushirgan o'yinchilar bayroqchani undan tortib oladilarda, o ‘z joyiga olib borib qo'yadilar. Ushlangan o'yinchi esa o‘z sheriklaridan birontasi uni qutqarib olguncha o‘z joyida qimirlamay turadi. 6. 0 ‘yin vaqtida maydonchadan tashqariga chiqish mumkin emas. 7. Qoidani buzgan o'yinchi o'yindan chiqariladi. 5 . 5 . 7 . Download 7.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling