Sport ishlari vazirligi
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
- Bu sahifa navigatsiya:
- О yinning qoidalari.
- 6. Katta aylanma estafeta О yinning tavsifi.
Arqoncha bilan tutish
Oyinning tavsifi. Bu o'yin ham xuddi oddiy quvlashmachoq o'yinidek o'ynaladi. Farq shundaki, onaboshi o'ynovchilarga qo'l tegizmaydi, lekin qochayotganlarga yaqinlashib, ularning oyoqlari ostida uchiga xaltacha bog'langan arqonchani aylantiradi. Arqonchaga yoki xaltachaga oyog'i tekkan o'yinchi onaboshining qo'lidan “qarmoq”ni oladi va o'yinni boshqarishga kirishadi. Ilgarigi onaboshi esa boshqa o'yinchilar qatorida o'ynay boshlaydi. Bir marta ham onaboshi bo'lmagan (yoki boshqalarga qaraganda kamroq onaboshilik qilgan) o'yinchilar g'olib chiqqan hisoblanadi. 153 O'yin natijalarini yakunlashda birinchi onaboshilik hisobga olin- maydi. О yinning qoidalari. 1. Onaboshi arqonchani goh bir tomonga, goh boshqa tomonga aylantirishi mumkin, ammo xaltacha yerga sirpanib yurishi yoki yerdan 10-15 sm dan ortiq ko'tarilmasligi lozim. 2. Onaboshi bir joydan boshqa joyga yugurib o‘tayotgan paytida arqonchani aylantirmasdan, sudrab tortib borishi mumkin. 3. Xaltachani oyog‘i bilan bosib olgan o'yinchi ilgari necha marta onaboshi bo‘lgan bo‘Isa ham ularning hammasidan ozod bo'ladi. Eslatma. O'ynovchilarga xaltachani bosib olish uchun noo'rin harakatlar qilish mumkin emasligini oldindan aytib qo'yish lozim. Xaltachani bosib olish oldin onaboshi rolini bajarganlar uchungina foydalidir. Shuni unutmaslik kerakki, xaltachani bosaman deb arqonchaga tegib ketish ham mumkin. O'yinning o'ziga xos harakatlari — arqoncha ustidan sakrab- sakrab yugurishdir. 5.7. 6. Katta aylanma estafeta О yinning tavsifi. Maydoncha atrofini aylanib chiqadigan yugurish yo'lkasining burilish joylari bayroqchalar bilan belgilab qo'yiladi. Maydoncha markaziga finish bayrog'i o'rnatiladi. O'ynovchilar bab- baravar to'rtta jamoaga bo'linadilar. Har bir jamoa yo'lkaning burilish joylarida bir qator bo'lib saflanib turadilar. Qatorlarda birinchi bo'lib turgan o'ynovchilar yo'lkaga chiqib, startga tayyorlanadilar. Rahbar ning signaliga binoan ular oldinga qarab yuguradilar va maydonchani to'liq aylanib chiqqan (yo'lkaning umumiy uzunligi 40-80 m bo'ladi) 154 estafeta tayoqchalarini ikkinchi o'yinchilarga beradilar va o'yin shu tarzda davom etadi. Jamoaning oxirgi o‘yinchisi yugurish yo‘lkasi bo‘ylab maydonchani aylanib chiqib, o‘z jamoasining bayroqchasi atrofidan aylanib o‘tishi va markazga o‘rnatilgan finish bayrog‘i oldiga yugurib borib, uning dastasiga estafeta tayoqchasi bilan urishi lozim. Bu ishni birinchi bo‘Ub bajargan jamoa g'alaba qozonadi. Download 7.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling