Sport ishlari vazirligi
Download 7.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.7.8. Balandlikka sakrab yugurish
O'yinning qoidalari.
1. Ustidan boshqa o'ynovchilar sakraydigan o'yinchi sakraydiganlaiga orqa o'girib, bir oyog'ini oldinga qo'yib, tizzasini bir oz bukib, gavdasini oldinga engashtirib, boshini pastga egib (“bekitib”) yarim bukilgan qo'llari bilan oldinga qo'yilgan oyog'ining tizzasiga tayanib turishi kerak. 2. U o'z ustidan sakragan o'yinchining oyog'i yerga tegmasdan oldin to'rtburchakdan chiqib ketishi mumkin emas. 3. Navbat kutib turgan o'yinchi kelayottan o'yinchi kelib uning kaftiga qo'l tegizgandan keyingina boshlang'ich chiziqdan o'tib, yugurib ketishi mumkin. Eslatma. Bu o'yinni kim tez bajarish sharti bilan o'ynashdan oldin sakrash texnikasining sifatini hisobga olib (qaysi jamoa sakrashni oldin tamomlashiga e’tibor bermay), bir necha marta takrorlash kerak. To'rtburchakdagi o'yinchi-larning talab etilgan holatda, chunonchi boshlarini pasaytirib — “bekitib” turishlarini doim kuzatib borish lozim. O'yinni yoshi kattaroq, yaxshi tayyorgarlik ko'rgan o'quvchilar bilan o'tkazishda to'rtburchaklarda turadigan o'ynovchilarga gavdani oldinga unchalik engashtirmasdan yoki oyoqlarini kerib, oldinga qo'yiilgan oyoq tizzasiga qo'llari bilan tayanib deyarli tikka turishni taklif etish mumkin. Qatorlar boshida bo'yi pastroq o'yinchilar tursa, yana ham yaxshiroq bo'ladi. O'yinning o'ziga xos harakatlari, yugurib kelib, oyoqlami kerib, qo'llarga tayanib sakrashlar. 5.7.8. Balandlikka sakrab yugurish O'ynovchilarning joylashuvi xuddi to'g'riga yugurish musoba- qasidagi kabi bo'ladi. Bu o'yinni o'tkazishning farqi shuki, o'yin rahbari tomonidan tayinlangan ikki o'ynovchi yuguriladigan masofa o'rtasida arqoncha tortib (uncha baland ko'tarmay) turadi. Har bir 156 o'yinchi bu arqoncha ustidan ikki marta oldinga yugurayotganida va orqaga qaytayotganida sakrab o'tishi kerak. O'yinchilari arqondan sakrashda kam xatoga yo‘l qo'ygan va yugurishni oldin tamomlagan jamoa birinchi o'rinni egallaydi. Qolgan jamoalar erishgan natijalariga qarab keyingi o'rinlarni oladilar. Download 7.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling