sakrayotgan o‘yinchining oyog‘i arqonchaga tekkanda arqonchani
to'xtatishlari yoki pasaytirishlari va boshqa ishlar qilishlari kerak.
Eslatma.
Shuni
nazarda tutish lozimki, o‘yin bir marta
o'ynalganda har bir o'yinchi qatorda necha kishi turgan bo‘lsa,
shuncha marta arqoncha ustidan sakraydi. Shuning uchun o'yinni
2-3 martadan ortiq takrorlash tavsiya qilinmaydi.
Bolalarga
arqonchani juda past, yerga tegadigan qilib aylantirish
hamda
arqoncha ustidan ohistagina, oyoq uchlarida sakrash
kerakligini oldindan tayinlab qo'yish kerak.
O'yinning o'ziga xos harakatlari — qimirlab turgan to'siqdan
sakrab o'tishdir.
5.7.9. Tulkilamitopish
О yinga tayyorlanish.
Bu o'yin daraxtzorda o'tkazilishi kerak.
Onaboshi o'yin o'tkaziladigan joyni oldindan tanlab qo'yishi,
bunda
tulkilar yashirina oladigan joylaming ko'proq bo'lishiga e’tibor
berishi kerak. O'yinni o'tkazishda 1-2 ta xaltachaga solingan
rangdor qog'oz parchalari yoki poxol bo'lishi lozim. O'yinda ko'pi
bilan 12-20 nafar o'quvchi qatnashadi.
Oyinning tavsifi.
Chaqqonroq yuguradigan o'yinchilardan 1-2
nafari tulki qilib tayinlanadi.
Tulkichalar xaltachalami olib, ulardagi
qog'oz parchalari (yoki poxol)ni yo'llariga sepa-sepa 1-1,5
km
gacha
yugurib ketadilar. Qolgan o'yinchilar ovchi bo'ladilar.
Tulkilar
jo'nagandan keyin 10-15 daqiqa o'tgach ovchilar ulaming ketidan
yo'lga tushadilar va ularni qidirib topishga harakat qiladalar. Agar
ovchilar tayinlangan vaqt (30 daqiqa yoki 1 soat)
ichida tulkilami
topsalar — yutgan, topa olmasalar esa yutqazgan hisoblanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: