Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

Metodik к о ‘rsatmalar.
 
O'ynovchilar bir qatorli safdagina emas
aylana bo'ylab ham harakat qilishlari mumkin. Qatorda yurishda 
ahyon-ahyonda yo'nalishni o'zgartirib turish kerak. O'yinda tovushli 
(qarsak urish, childirma chalish va hokazo) bilan bir qatorda, ko'zga 
ko'rinadigan signallardan (bayroqchani turli tomonga siljitish, sekin 
yoki tezroq siltash va shu kabilardan) ham foydalanish lozim.
5.11.2. Koptok talashish
O'yinchilar soni cheklanmaydi. O'yin sport maydonchasida yoki 
zalda o'tkaziladi. O'yinni o'tkazish uchun koptok (tennis koptogi, 
oddiy rezina koptok) kerak.
O'yinning tavsifi.
Chek tashlash yo'li bilan o'ynovchilar orasidan 
ikkita onaboshi saylanadi. Qolgan o'yinchilar esa ikki komandaga 
bo'linadilar va maydon chizig'ining orqasiga saflanadilar. Chek 
tashlanib qaysi komanda koptokni birinchi bo'lib otishi aniqlanadi. 
Koptokni komandaning xohlagan o'yinchisi otishi mumkin. Koptok 
maydon o'rtasiga otiladi. Koptok otilishi bilanoq ikkala komanda 
o'yinchilari koptokni birinchi bo'lib tutib olish va imkon boricha 
tezroq o'z onaboshilariga keltirib berish uchun maydonga yugurib 
ketadilar.
O'yinning qoidalari.
1. Koptokni o'yinchilar bir-birlariga 
uzatayotganlarida urib yuborish, qo'ldan yulib tortib olish, koptokni 
olib yugurib ketayotgan o'yinchini qurshab olish mumkin. 2.
176


Koptokni o'yinchilar bir-biriga irg'itishi mumkin. 3. O'ynovchilar 
bir-birlariga yordam berishlari mumkin. 4. Koptokni onaboshiga 
irg'itib uzatish mumkin emas. 5. Oyoqni chalib, tutish mumkin 
emas. 6. Belgilangan vaqt ichida to'plangan ochkolar soniga qarab 
o'yinni yakunlash mumkin.
Metodik ко ‘rsatmalar.
Bu o ‘yin komandalarga bo'linib o'ynaladi 
va hamma o'ynovchilaming musobaqa sharoitida birdaniga harakat 
qilishlari bilan xarakterlanadi. Tez yugurish, koptokni irg'itib uzatish 
va ilib olish, harakat vaqtida vaziyatni yaxshi anglab ish tutish 
o'yinning mazmunini tashkil qiladi. Koptokni mo'ljallab otish, 
sherigiga o'z vaqtida yordam bera olish va hpkazolar o'yinning eng 
muhim jihatidir. Bu o'yinni III sinfdan yudori sinf o'quvchilariga 
tavsiya etish mumkin. O'ynovchilardan chaqqonlik, birgalashib 
harakat qilish, dadillik, qat’iylik va tez yugurish talab qilinadi. Bu 
musobaqa turidagi o'yindir. O'quvchilaming jismoniy tayyorgarlik 
darajasiga qarab o'yinni bir oz murakkablashtirish ham mumkin.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling