Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

Oyinga tayyorlanish.
O'ynovchilar o'zaro teng 2 yoki 3 jamoaga 
bo'linib, bir-biriga parallel qatorlarga saflanadilar. O'yin uchun 5 
tadan kartoshka solingan 2-3 xalta bo'lishi kerak. Qatorlardan 20-30 
metr nariga ketma-ket 5 tadan doirachalar chiziladi.
Oyinning tavsifi.
O'qituvchi “Diqqat”, “Marsh!” - deb ko­
manda berishi bilan qator boshida turgan o'yinchilar o'z doirachala- 
riga yuguradilar, kartoshkalarni doirachalar ichida qoldirib, yugur- 
ganlaricha qaytib keladilar va xaltachalarini navbatdagi o'ynovchi- 
larga beradilar. Bu o'ynovchilar ham yugurib borib, kartoshkalarni 
xaltachalarga soladilar va yana o'z qatorlariga qaytib keladilar va 
hokazo. Hamma o'ynovchilari oldinroq yugurib bo'lgan komanda 
yutgan hisoblanadi.
Oyinning qoidalari.
1. Kartoshkalarni faqat doirachalar ichiga 
qo'yish kerak. Agar biron kartoshka doiracha ichidan tashqariga 
dumalab chiqsa, o'ynovchi qaytib kelib, uni doirachaga qo'yishi va 
shundan keyingina yugurishni davom ettirishi lozim. 2. Sherikdnn
125


xaltani qabul qilib olgandan keyingina yugurib ketish mumkin. 3. 
Yugurib qaytib kelgan o'ynovchi qatoming oxiriga borib turadi.
M etodik ко ‘rsatma.
Hamma o'ynovchilar yugurishda qatnashish- 
lari lozim. Xato qilgan o'yinchiga jarima ochkosi berish mumkin.
5.3.8. Halqaga irg'itish
Bu o'yinda 20-30 nafar o'yinchi qatnashishi mumkin. O'yin 
yaylovda yoki voleybol ustuni o'matilgan sport maydonchasida 
o'tkaziladi.
O yinning tavsifi.
Halqa daraxtga, voleybol ustuniga yoki bo'yi
3-4 metrli maxsus yasalgan blokka o'rnatiladi. Halqa bilan irg'itish 
oralig'i 10-15 metr bo'lishi mumkin. Irg'itish uchun tennis koptogi 
yoki kattaligi va og'irligi o'shanday lattadan yasalgan koptok bo'lishi 
mumkin.
O'yinning jamoalarga bo'linib yoki bo'linmasdan o'tkazsa ham 
bo'ladi.
Jamoalarga bo'linganda o'yinni qaysi jamoa boshlashi chek 
tashlash yo'li bilan aniqlanadi.
Har bir o'ynovchi irg'itish chizig'iga keladi va koptokni irg'itib 
halqaga tashlaydi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling