Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

5.2. Voleybol
5.2.1. Voleybolchilar estafetasi
O'yinning tavsifi.
0 ‘yin ishtirokchilari o‘zaro teng ikki jamoaga 
bo'linadilar. Ikkala jamoa o'yinchilari ikkitadan bo‘lib, oralaridan 
bir oz joy qoldirib o'zaro parallel ikki qatorga saflanadilar. Oldinda 
turganlarning oyoqlari uchi oldidan chiziq o'tkaziladi. Bu chiziqdan 
10-15 qadam narida unga parallel qilib ikkinchi chiziq tortiladi.
Qatorlar boshida turgan har qaysi juft o'yinchining biriga 
bittadan to'p beriladi.
Oldinda turgan har qaysi juft o'yinchilar rahbar signal berishi 
bilan oldinga qarab yugurib, yo'lda to ‘pni kaftlari bilan yuqoriga 
urib bir-birlariga qaytaradilar. Ular ikkinchi chiziqqacha yugurib 
borib, yana shu yo‘ldan o'z qatorlariga qaytadilar, to‘pni so'nggi 
marta urib navbatdagi juft o'yinchilarga uzatib, o‘z qatorlarining 
oxiriga borib turadilar. Navbatdagi o'yinchilar, uchib kelgan to‘pni
107


ilib olmasdan, kaftlari bilan urib bir-birlariga qaytarib oldinga i 
yugurib ketadilar. О‘yin har bir jamoaning hamma juft o'yinchilari 
shu 
tarzda 
to'pni 
urib-urib 
bir-birlariga 
qaytarib 
yugurib 
bo'lgunlaricha davom ettiriladi. 
Navbat yana birinchi juft* 
o'yinchilarga kelganda ulardan biri to'pni qo'lga olib yuqoriga 
ko'taradi va shu bilan jamoa yugurishni tamomlaganligini bildiradi. 
Yugurishni birinchi bo'lib tamomlagan jamoa g'alaba qozonadi.
O yinning qoidalari.
1. Agar har juft o'yinchilardan birontasi 
to'pni yerga tushirib yuborsa, uning o'zi to'pni yerdan olishi va shu! 
joyning o'zida uni urib uzatishni davom ettirishi kerak. 2. 
Navbatdagi juft o'yinchilar o'zlariga to'p berilgunicha chiziqni bosib 
oldinga o'tmasliklari lozim. 3. Navbatdagi juft o'yinchi to'pni urib 
uzatib, yugurib ketganidan so'ng butun qator bir qadam oldinga; 
suriladi, yugurib ketgan juft orqasida turgan o'yinchilar esa yugurish 
boshlanadigan chiziqda borib turadilar.
Eslaima.
Yugurib kelayotgan o'yinchilar o'z qatoriga yaqin 
kelganda yugurib ketadigan navbatdagi juft o'yinchilarga yo'l berish 
uchun 
orqaga 
tislanib, 
bir-biridan 
uzoqlashishi 
kerakligini 
o'quvchilarga tayinlab qo'yish lozim. Bu o'yinni VII sinfdan boshlab 
o'tkazish tavsiya qilinadi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling