Sport ishlari vazirligi


 Raketka ustida koptokni olib yurish


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

5.4.8. Raketka ustida koptokni olib yurish
О yinga tayyorlanish.
O'ynovchilar ikki jamoaga bo'linib, o'zaro 
parallel ikkita qatorga saflanadilar. Qatorlar oldidan start chizig'i 
o'tkaziladi. Bu chiziqdan 12-15 metr nariga to'p qo'yiladi. Birinchi 
turgan o'yinchilaming qo'llarida raketka va bittadan stol tennisi 
koptogi bo'ladi.
Oyinning tavsifi.
O'qituvchining signalidan keyin birinchi 
o'yinchilar raketka bilan koptokni urib-urib marragacha borib va 
orqaga qaytib, raketka va koptokni keyingi o'yinchilarga beradilar,
136


ikkinchi o'yinchilar esa uchinchilariga va hokazo. Bu ishni 
xatoga 
yo'l qo'ymasdan, tez, aniq bajargan jamoa yutgan hisoblanadi. 
Agar 
o'yinchi raketka ustidan to'pni tushirib yuborsa, uni ko'tarib olib, 
tushixgan joyidan o'yinni davom ettiradi.
5.5. Qo‘l to‘pi
5.5.1. Qal’ani himoyalash
O'yin maydonchada yoki zalda o'tkaziladi. Uni o'tkazish uchun 
uchta gimnastika tayoqchasi va bitta (voleybol to'pi kerak bo'ladi. 
Agar o'ynovchilar soni 30 nafardan oshib ketsa, asbob-uskunalar 
miqdori ikki baravar ko'paytirilishi lozim .
O'yinga tayyorlanish.
Hamma o'ynovchilar oralarida bir quloch- 
dan masofa qoldirib, aylana hosil qilib turadilar. Ularning oldidan 
yerga aylana chiziladi. Uning markaziga har binning uzunligi bir 
metrdan va yuqori uchlari birlashtirib bog'lab qo'yilgnn uchtn 
tayoqdan iborat qal’a qo'yiladi. Bitta o'yinchi qal’ani himoya qilish
137


uchun doira o'rtasiga tushadi. Aylana hosil qilib turganlarning 
qo'lida voleybol (yoki gandbol) to'pi bo'ladi.
O'yinning tavsifi.
O'ynovchilar rahbar signal bergan zahoti 
qal’ani to'p bilan ura boshlaydilar. Himoyachi qal’ani o'z gavdasi 
bilan berkitib, hamma to'pni qo'l va oyoqlari bilan urib qaytarib, 
hujumga qarshilik ko'rsatadi. Qal’ani qulata olgan o'yinchi 
himoyachining o'miga tushadi, himoyachi esa qatorga kelib turadi. 
O'yin belgilangan vaqt davomida o'tkaziladi. O'yin oxirida 
boshqalarga qaraganda qal’ani uzoqroq vaqt davomida qo'riqlay 
olgan eng yaxshi himoyachilar, juningdek, eng yaxshi mergan va 
ziyrak o'yinchilar g'olib deb topiladi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling