Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

5.4.2. Potizga kirgan quyonlar
Oyinning tavsifi.
Ikkita aylana chiziladi. Ulardan biri ikkin- 
chisining ichiga chizilgan bo'ladi. Tashqi aylananing diametri 7-9 
m,
ichki aylananiki esa 3-4 
m
bo'ladi. Bitta o'yinchi onaboshidan
132


boshqa hamma bolalar quyon bo‘lib, katta aylanadan tashqarida 
turadilar. Onaboshi (qorovul) ingichka rezinaga bog'langan qog'oz 
koptokchani ushlab kichik doiraning o'rtasida turadi. Kichik doira 
poliz bo'ladi. Quyonlar ikki oyoqlab sakrab, goh polizga tushadilar, 
goh katta doiraning tashqarisiga chiqadilar. Qorovul poliz ichida va 
aylana chizig‘i bilan chegaralangan maydonda yugurib yuradi. U har 
gal o ‘ziga qaytib keladigan rezinali koptok bilan quyonlami 
“otish”ga harakat qiladi. Quyonlar har tarafga; sakrab-sakrab chap 
berib qochadilar va tez-tez polizga tushishga intiladilar. Qorovulning 
koptogi tekkan quyon otilgan hisoblanadi. Otilgan quyon katta 
doiradan chiqishi va “o ‘q tekkan” joyni 5-6: marta shoshmasdan 
silashi kerak. Quyonni otgan qorovul boshqa o'yinchilar qatoriga 
kiradi va uning o ‘miga otilgan quyon o'tadi.
Rahbar polizga ko'proq tushib, qorovulning “o'qi” kamroq 
tekkan yoki sira ham “o ‘q” yemagan quyonlarni aniqlaydi. Bunday 
bolalar eng chaqqon o'yinchilar hisoblanadi.
Oyinning qoidalari.
1. Quyon bo'lib qatnashayotgan o'yinchi­
larga bir oyoqda yugurish va sakrash man etiladi. 2. Onaboshi 
(qorovul) o'yinchilarga poliz va katta aylana ichidagina koptokni 
tegizishi mumkin.
Eslatma.
O'yinni 30 minutcha davom ettirish va bir necha 
marta takrorlash, har safar takrorlashdan oldin bolalar bir oz dam 
olishi ma’qul.
O'ynning o'ziga xos harakatlari oldinga, orqaga sakrash va 
bunda chaqqonlik bilan chap berishdir.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling