Odobnoma fanidan bir soatlik dars ishlanma
Mavzu: Konstitutsiyamizda bolalar huquqi
Darsning texnologik xaritasi
Tayanch tushuncha
|
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, bolalar, huquq va erkinlik- lari: bepul ta`lim olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, dam olish va h.k; burch va majburiyatlar: boshqalarni hurmat qilish, davlat mulkini, ma`naviy-madaniy yodgorliklarni, atrof—muhitni, tabiatni asrab—avaylash va hakozalar;
|
Dars maqsadi
|
Ta`limiy
|
O`quvchilarga bolalarning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo`yilgan huquq va erkinliklari haqida ma`lumot berish.
|
Tarbiyaviy
|
O`quvchilarda huquqiy madaniyatni shakllantirish, qonunlarni hurmat qilishga va ularga qat`iy amal qilishga o`rgatish.
|
Rivojlan—
tiruvchi
|
O`quvchilarda jamiyatga nisbatan to`g`ri munosabatni hamda faol fuqorolik pozitsiyasini shakllantirish.
|
Dars turi
|
Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantiruvchi.
|
Dars metodi
|
Savol—javob, suhbat, <> ta`limiy o`yini.
|
Dars jihozi
|
Darslik, yozuv taxtasi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mavzuga oid ko`rgazmalar, rag`bat kartochkalari.
|
Dars yakunida
o`quvchi biladi
|
Konstitutsiyamizda bolalar huquqlari yetarli darajada o`z aksini topgani, har bir bola davlat himoyasida ekani, davlat bolalarning har tomonlama barkamol bo`lib voyaga yetishlari uchun g`amxo`rlik qilishi haqida tushunchaga ega bo`ladi.
|
|
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
|
|
|
2
|
O`tilgan mavzuni so`rash
|
10 daqiqa
|
|
|
|
3
|
Yangi mavzuni yoritish
|
10 daqiqa
|
|
|
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
18 daqiqa
|
|
|
|
5
|
Monitoring va baholash
|
3 daqiqa
|
|
|
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: Darsning maqsadi va yangi mavzu xususida qisqacha ma`lumot beriladi. O`quvchilar darsga ruhan tayyorlanadi.
II. O`tilgan mavzuni so`rash: O`tilgan mavzuni so`rash uchun o`quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi.
1.Mustaqil davlat deganda nimani tushunasiz?
2. O`zbekiston mustaqilligi qachon e`lon qilingan?
3. Davlat ramzlarini sanab bering.
Uyga vazifalar tekshirilib, eng yaxshi bajarilganlari o`quvchilarga namoyish qilinadi va shu o`quvchilar rag`batlantiriladi. Davlat ramzlarida nimalar tasvirlangani, ular ifodalayotgan ma`nolar haqida mulohaza yuritiladi. O`tilgan mavzu umumlashtiriladi va xulosalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |