Odobnoma fanidan bir soatlik dars ishlanma Mavzu: Konstitutsiyamizda bolalar huquqi
Download 29.32 Kb.
|
Dars ishlanmalar
III. Yangi mavzuni yoritish: Yangi mavzuni tushuntirishdan avval darslikda berilgan rasmlarga o`quvchilarning e`tibori jalb etiladi, faollashtirish uchun quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi.
1.Ushbu rasmlarda kimlarni ko`ryapsiz? 2. Rasmlardagi bolalar nimalar bilan mashg`ul? Yangi mavzuning mazmuni haqida tushuncha beriladi. Mavzuni tushuntirish jarayonida slaydlarni namoyish etish va Konstitutsiyaning mavzuga dahldor moddalarini o`qib, sharhlab berish yaxshi samara beradi. O`zbekistonda har bir inson davlat himoyasida. Davlat o`z fuqorolarining huquq va erkinliklarini ta`minlaydi. Bu Konstitutsiyamizda belgilab qo`yilgan. Konstitutsiya davlatimizning asosiy qonuni bo`lib, unga hamma amal qilishi shart. O`zbekistonda bolalar bepul ta`lim olish huquqiga egadirlar. Zamonaviy va shinam maktablarda o`qiyotganimiz buning isbotidir. Biz malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga haqlimiz. Shuningdek, dam olish huquqiga egamiz. Konstitutsiyamizdagi moddalar o`quvchilarga topishmoq tarzida o`qib eshittiriladi. Birga- likda javoblari topilib, izohlanadi. Bu usul Konstitutsiyamizning moddalari o`quvchilarning yodida yaxshi saqlanib qolishiga yordam beradi. Atrof muhitni saqlash Barchaning teng burchidir. Uni asrab—avaylash— Vijdonlilar ishidir. Javob: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50—moddasi . Milliy boyligimizning Qadriga yetmoq kerak. Yer, suv, o`simlik—bari Elimga doim kerak! Javob: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55—moddasi . Olti bo`limli kitob, Va yigirma olti bob. Bir yuz yigirma sakkiz Moddani o`rganamiz. Javob: << O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi >> kitobi. Azimdir Toshkent shahri, Juda keng, saxiy bag`ri. Udir Vatan yuragi, Ulug` xalqim tilagi. Javob: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6—moddasi Bepul ta`lim olamiz Hur vatanim qo`ynida Vatanga xizmat qilish, Har o`g`ilning o`yida. Javob: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41—moddasi. Farzandlik burchin so`zlar Har soniya , soatda. Insoniylikni ko`zlar Har daqiqa, har onda. Javob: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66—moddasi. Tibbiy xizmat doimo Kerak har bir kishiga. Sog`lom tanda sog` aql Unum berar ishiga. Javob: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40—moddasi. Vatanimning bayrog`i— Dilginamning qarog`i. Madhiya hamda gerbim, Porloq yo`lim chirog`i. Javob: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5—moddasi. Bo`lmoq yaxshidir mulkdor, Ham fermer-u chorvador, Ko`chmas mulkning egasi-- Tadbirkorlar sarasi. Javob: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36—moddasi. Download 29.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling