Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

Arqoncha bilan tutish
Oyinning tavsifi.
Bu o'yin ham xuddi oddiy quvlashmachoq 
o'yinidek o'ynaladi. Farq shundaki, onaboshi o'ynovchilarga qo'l 
tegizmaydi, lekin qochayotganlarga yaqinlashib, ularning oyoqlari 
ostida 
uchiga 
xaltacha 
bog'langan 
arqonchani 
aylantiradi. 
Arqonchaga yoki xaltachaga oyog'i tekkan o'yinchi onaboshining 
qo'lidan “qarmoq”ni oladi va o'yinni boshqarishga kirishadi. Ilgarigi 
onaboshi esa boshqa o'yinchilar qatorida o'ynay boshlaydi. Bir 
marta ham onaboshi bo'lmagan (yoki boshqalarga qaraganda 
kamroq onaboshilik qilgan) o'yinchilar g'olib chiqqan hisoblanadi.
153


O'yin natijalarini yakunlashda birinchi onaboshilik hisobga olin- 
maydi.
О yinning qoidalari.
1. Onaboshi arqonchani goh bir tomonga, 
goh boshqa tomonga aylantirishi mumkin, ammo xaltacha yerga 
sirpanib yurishi yoki yerdan 10-15 
sm
dan ortiq ko'tarilmasligi 
lozim. 2. Onaboshi bir joydan boshqa joyga yugurib o‘tayotgan 
paytida arqonchani aylantirmasdan, sudrab tortib borishi mumkin.
3. Xaltachani oyog‘i bilan bosib olgan o'yinchi ilgari necha marta 
onaboshi bo‘lgan bo‘Isa ham ularning hammasidan ozod bo'ladi.
Eslatma.
O'ynovchilarga xaltachani bosib olish uchun noo'rin 
harakatlar qilish mumkin emasligini oldindan aytib qo'yish lozim. 
Xaltachani bosib olish oldin onaboshi rolini bajarganlar uchungina 
foydalidir. Shuni unutmaslik kerakki, xaltachani bosaman deb 
arqonchaga tegib ketish ham mumkin.
O'yinning o'ziga xos harakatlari — arqoncha ustidan sakrab- 
sakrab yugurishdir.
5.7.
6. Katta aylanma estafeta
О yinning tavsifi.
Maydoncha atrofini aylanib chiqadigan yugurish 
yo'lkasining burilish joylari bayroqchalar bilan belgilab qo'yiladi. 
Maydoncha markaziga finish bayrog'i o'rnatiladi. O'ynovchilar bab- 
baravar to'rtta jamoaga bo'linadilar. Har bir jamoa yo'lkaning burilish 
joylarida bir qator bo'lib saflanib turadilar. Qatorlarda birinchi bo'lib 
turgan o'ynovchilar yo'lkaga chiqib, startga tayyorlanadilar. Rahbar­
ning signaliga binoan ular oldinga qarab yuguradilar va maydonchani 
to'liq aylanib chiqqan (yo'lkaning umumiy uzunligi 40-80 
m
bo'ladi)
154


estafeta tayoqchalarini ikkinchi o'yinchilarga beradilar va o'yin shu 
tarzda davom etadi. Jamoaning oxirgi o‘yinchisi yugurish yo‘lkasi 
bo‘ylab maydonchani aylanib chiqib, o‘z jamoasining bayroqchasi 
atrofidan aylanib o‘tishi va markazga o‘rnatilgan finish bayrog‘i oldiga 
yugurib borib, uning dastasiga estafeta tayoqchasi bilan urishi lozim. 
Bu ishni birinchi bo‘Ub bajargan jamoa g'alaba qozonadi.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling