Sport ishlari vazirligi


Download 7.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/198
Sana18.11.2023
Hajmi7.97 Mb.
#1783699
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   198
Bog'liq
Milliy va harakatli oyinlar. Usmonxodjayev T.S.

O'yinning qoidalari.
1. Ustidan boshqa o'ynovchilar sakraydigan 
o'yinchi sakraydiganlaiga orqa o'girib, bir oyog'ini oldinga qo'yib, 
tizzasini bir oz bukib, gavdasini oldinga engashtirib, boshini pastga 
egib (“bekitib”) yarim bukilgan qo'llari bilan oldinga qo'yilgan 
oyog'ining tizzasiga tayanib turishi kerak. 2. U o'z ustidan sakragan 
o'yinchining oyog'i yerga tegmasdan oldin to'rtburchakdan chiqib 
ketishi mumkin emas. 3. Navbat kutib turgan o'yinchi kelayottan 
o'yinchi kelib uning kaftiga qo'l tegizgandan keyingina boshlang'ich 
chiziqdan o'tib, yugurib ketishi mumkin.
Eslatma.
Bu o'yinni kim tez bajarish sharti bilan o'ynashdan 
oldin sakrash texnikasining sifatini hisobga olib (qaysi jamoa 
sakrashni oldin tamomlashiga e’tibor bermay), bir necha marta 
takrorlash kerak. To'rtburchakdagi o'yinchi-larning talab etilgan 
holatda, chunonchi boshlarini pasaytirib — “bekitib” turishlarini 
doim kuzatib borish lozim. O'yinni yoshi kattaroq, yaxshi 
tayyorgarlik ko'rgan o'quvchilar bilan o'tkazishda to'rtburchaklarda 
turadigan o'ynovchilarga gavdani oldinga unchalik engashtirmasdan 
yoki oyoqlarini kerib, oldinga qo'yiilgan oyoq tizzasiga qo'llari bilan 
tayanib deyarli tikka turishni taklif etish mumkin. Qatorlar boshida 
bo'yi pastroq o'yinchilar tursa, yana ham yaxshiroq bo'ladi.
O'yinning o'ziga xos harakatlari, yugurib kelib, oyoqlami kerib, 
qo'llarga tayanib sakrashlar.
5.7.8. Balandlikka sakrab yugurish
O'ynovchilarning joylashuvi xuddi to'g'riga yugurish musoba- 
qasidagi kabi bo'ladi. Bu o'yinni o'tkazishning farqi shuki, o'yin 
rahbari tomonidan tayinlangan ikki o'ynovchi yuguriladigan masofa 
o'rtasida arqoncha tortib (uncha baland ko'tarmay) turadi. Har bir
156


o'yinchi bu arqoncha ustidan ikki marta oldinga yugurayotganida va 
orqaga qaytayotganida sakrab o'tishi kerak.
O'yinchilari arqondan sakrashda kam xatoga yo‘l qo'ygan va 
yugurishni oldin tamomlagan jamoa birinchi o'rinni egallaydi. 
Qolgan jamoalar erishgan natijalariga qarab keyingi o'rinlarni 
oladilar.

Download 7.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling